30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:01
Jamiyat 👁 3,543

Erta turmush - keltirar tashvish

Erta turmush - keltirar tashvish

Organizmning reproduktiv imkoniyatlari inson salomatligining muhim koʻrsatkichlaridan biri hisoblanadi. Boʻlajak onalar hisoblangan qizlarimizning reproduktiv salomatliklarini muhofaza qilishni goʻdakligidanoq boshlash zarur.

Shu bois, boʻlajak onalar-qizlarni oila qurishga, farzand koʻrishga, jismoniy va ruhiy jihatdan tayyorlab borish dolzarb ahamiyatga ega. Buning uchun avvalo qiz farzand voyaga yetib, oʻqib, biror kasb hunarga ega boʻlishi, turmush qurishiga har jihatdan tayyor boʻlishi lozim.

Qiz bola kelajak avlodning yaratuvchisidir. Shuning uchun ham ilk bolalik davridan boshlab, toki balogʻat yoshiga qadar ularni mustaqil hayotga tayyorlashimiz, organizmida boʻladigan har bir fiziologik oʻzgarishlarni bilishlariga yordam berishimiz zarur. Tibbiyotda ayol umri besh davrga boʻlinadi: bolalik davri - 8-11 yoshgacha, balogʻatga yetish davri - 11-17 yosh, yetuklik davri - 17-35 yosh, oʻtish davri - 37-45 yosh, keksalik davri esa 55 yoshdan yuqori boʻladi.

Qiz bolalar balogʻat, yaʼni oʻsmirlik davrida uning ichki jinsiy aʼzolari shakllangan, lekin toʻla taraqqiy etmagan boʻladi. Qiz bolalarda reproduktiv salomatliklarining shakllanishiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi xavfli omillarining oldini olish avvalo, oila, tibbiyot xodimlari, pedagoglar, qolaversa mahalla tomonidan birgalikda olib borilishi lozim. Erta yoshda homilador boʻlish tugʻish jarayonida ona va bolaning sogʻligiga xavf solishi mumkin. Maʼlumki 15-17 yoshgacha qizlar toʻlishib boʻylari oʻsib qoladi, ammo bu hali ularning ona boʻlishi uchun yetilganliklarini bildirmaydi. Qizlarda 15-16 yosh xali oʻsmirlik davri hisoblanib, bu vaqtda qizlar ruhan hamda jismonan toʻliq rivojlanmagan shaxs sifatida toʻla shakllanmaganligi tufayli organizm homiladorlik, tugʻruq va sogʻlom farzandni dunyoga keltirishga toʻlaligicha tayyor boʻlmaydi. Natijada erta farzand koʻrish yosh ona va undan tugʻilajak bola salomatligiga ham maʼlum darajada xavf tugʻdiradi. Homila tushish xavfi, homilaning nimjon rivojlanishi, homiladorlikning ogʻir kechishi, ekstragenital kasalliklarning avj olishi yaʼni kamqonlik, buyrak kasalliklari, qon bosimining oshishi, asab tizimi kasalliklari, aʼzolar shakllanishida kamchilik yoki nuqsonlarning uchrab turishi, chaqaloqning erta va nisbatan kam vaznda tugʻilishi koʻproq uchraydi. Ona va bola oʻlimi koʻrsatkichi ham shu yoshda katta yoshdagilarga nisbatan koʻproq uchraydi. Qizlar 20 yoshdan keyin jismonan va ruhan ona boʻlishga tayyor boʻladilar. Ayollar uchun farzand koʻrishning eng qulay davri 20-30 yosh oraligʻidir.

Xalqimiz oilaga ulkan eʼtibor bilan qaraydi. Yigit ahvoli, qizning salomatligi, iloji boricha yetti pushti haqida maʼlumotlarga ega boʻlish uchun harakat qilinadi. Bu degani kelajak avlodning yetuk, jismonan baquvvat, ruhan sogʻlom boʻlishiga asosdir. Chunki oilaviy hayot salomatlik bilan bevosita aloqador. Sogʻlom turmush tarzi barqaror boʻlgan, mehr-oqibat ustun oiladagina baxtiyorlik hukm suradi.

Barno Yangiboyeva,

ginekolog shifokor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026