02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 12:35
Jamiyat 👁 222

“YoShLAR DAFTARI” ROʻYXATIDAGI YoShLARGA ZARUR ISh QUROLLARI BERILDI

“YoShLAR DAFTARI” ROʻYXATIDAGI YoShLARGA ZARUR ISh QUROLLARI BERILDI

Maʼlumki, yurtimizda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, muammolarini hal etish, bandligini taʼminlash, kasbga oʻqitish maqsadida moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxati, yaʼni “Temir daftar”, yoshlar hayotiga  oid muammolarni tizimli oʻrganish va ularni ijobiy hal etishga qaratilgan “Yoshlar daftari” va ayol-qizlar hayotini yaxshilashga koʻmaklashish maqsadida “Ayollar daftari” shakllantirilgan edi.

Shu bois, butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ularni kambagʻallikdan chiqarish, kasb-hunarga oʻqitish, imtiyozli bank kreditlarini olib, oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlarida yaqindan yordam berish maqsadida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada tumanda faoliyat olib borayotgan 4 ta sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar tufayli koʻplab oilalar “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” roʻyxatlaridan chiqarilib, farovonligi taʼminlanmoqda. Ayniqsa, yoshlar davlat Dasturi ijrosini taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar natijasida yoshlarning ish bilan bandligi darajasi, ijtimoiy faolligi oshib bormoqda.

Joriy yilning 22-may sanasida tuman hokimligi binosida boʻlib oʻtgan amaliy tadbir ham yoshlar davlat Dasturi ijrosini taʼminlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Tuman hokimi S.Yoʻldashev rahbarligida tuman hokimi oʻrinbosarlari, 4 ta sektor rahbarlari, tuman hokimligining yetakchi mutaxassislari, tumandagi siyosiy partiyalari deputatlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari hamda ommaviy axborot vakillari hamda “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar ishtirok etgan mazkur tadbirda tuman hokimi S.Yoʻldashev mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash, ularning  ish bilan bandligini taʼminlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish, ayniqsa, uyushmagan yoshlarning muammolarini hal etish borasida belgilangan chora-tadbir, ustuvor vazifalarga batafsil toʻxtalib, bu borada tumanimizda amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar davlat Dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berdi. Shu bilan birga “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan yoshlar bilan manzilli ishlash boʻyicha erishilayotgan yutuqlar, koʻplab yoshlarning oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida ish yuritib, oilasi farovonligiga hissa qoʻshayotganliklarini eʼtirof etdi.

Shundan soʻng, tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan “Yoshlar daftari” roʻyxatiga kiritilgan 20 nafar ayol-qizlarga 20 ta tikuv mashinasi, 4 nafar yoshga motokultivator agregati, 10 nafar yoshga payvandlash uskunasi va 1 nafar yoshga esa xizmat koʻrsatish sohasida zurur boʻlgan ish asbobi topshirildi.

Boʻlib oʻtgan yigʻilishda “Yoshlar daftari” roʻyxatiga  kiritilgan, tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi tomonidan zarur ish qurollari bilan taʼminlangan yoshlar oʻzlariga koʻrsatilayotgan begʻaraz yordamlari uchun tuman hokimligidan, Yoshlar ishlari agentligidan minnatdor ekanliklarini izhor etishib, bundan keyin samarali faoliyat yuritajaklarini va albatta, yaqin vaqt ichida “Yoshlar daftari” roʻyxatidan chiqishlarini bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026