Sud raisi Besh ovul mahallasi faollari bilan uchrashdi
2021-yil may oyining 20 kuni fuqarolik ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumani sudi raisi Atamuratov Qayrilla Zinatdinovich, Amudaryo tumani Besh ovul mahallasi faollari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.K.Narbayeva hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Q.Kamalov tomonidan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha Yoʻl xaritasi tasdiqlangan edi. Mazkur Yoʻl xaritasining 24-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi raislari hamda ichki ishlar vaziri tomonidan sudyalarning fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda hududdagi profilaktika inspektorlarini jalb etgan holda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan tadbirlar oʻtkazishi belgilangan.
Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash jinoyatchilik profilaktikasini yanada takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korruptsiyadan holi hududga aylantirish boʻyicha Yoʻl xaritasi, 2021-yil 8-fevral kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi OʻRQ-670-sonli va Oʻzbekiston Respublikasining Konstituttsiyasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida OʻRQ-671-sonli Qonunlarining mazmun-mohiyati haqida tushintirish berildi.
Q.Z.Atamuratov, fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tumani sudi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶