02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 11:17
Jamiyat 👁 277

Amudaryo tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi

Amudaryo tumanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi

Mavzuga oid fotogalereya

Bolalar ertagi kunimiz egalaridir. Ularni asrab-avaylash, har jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Dunyoning turli hududlarida bolajonlarga turlicha munosabatlar hukmron boʻlsa-da, bizning yurtimizda dunyoga kelgan har bir oʻgʻil-qiz cheksiz mehr-muhabbat, ulkan gʻamxoʻrliklar ogʻushida ulgʻaymoqda.

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan oʻtkazilayotgan turli tantanalarda ham yurtimizda bolajonlarning emin-erkin, yayrab-quvnab ulgʻayishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar tilga olinmoqda, shoʻx-shodon isteʼdodli bolajonlar ijrosida teatrlashtirilgan bayram tomoshalari namoyish etilmoqda.

Sana munosabati bilan Mangʻit shahridagi Madaniyat va istirohat bogʻida ham  tuman hokimligi, Maktabgacha taʼlim, Madaniyat boʻlimlari hamkorligida “Bolalarga bering, dunyoni!” deb nomlangan ulkan teatrlashtirilgan bayram dasturi namoyish etildi.

Tomoshalar boʻlib oʻtadigan Mangʻit Madaniyat va istirohat bogʻi tadbirga mos gullar, baxtli bolalikni tarannum etuvchi shiorlar, badiiy bezaklar bilan bezatildi.

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, maktablar oʻquvchilari bayroqchalar, gullar, rang-barang sharlar koʻtarib kirib kelishganida ular karnay-surnay navolari bilan qarshi olindi.

Tadbir avvalida turli ertaklar va multfilmlar qahramonlari siymosidagi iqtidorli bolalar bayram tomoshasiga kelganlarni qutlab, birga raqsga tushishga chorlashi ayniqsa, barchaga zavq ulashdi.

“Bolalarga bering, dunyoni!”, “Bolaligim-poshsholigim”, “Farzandlari sogʻlom yurt – qudratli boʻlur” kabi shiorlar bilan, anvoyi gullar bilan bezatilgan, asosiy  tomoshalar boʻlib oʻtayotgan maydonchaga tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari – tuman prokurori Javlonbek Muftullayev, Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, Davlat soliq inspektsiyasi boshligʻi Aydos Seyitov  va tuman hokimligi, Maktabgacha taʼlim tizimi masʼullari hamrohligida tashrif buyurdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev bolajonlarni dunyoning 70 dan ziyod davlati qatorida Oʻzbekistonda ham ulkan shodiyona qilinayotgan nufuzli bayram – 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qizgʻin qutladi. Sultonboy Yoʻldoshev oʻz soʻzida bolajonlarga uzoq umr, baxt-saodat tiladi, davlatimiz va ota-onalari gʻamxoʻrligida yurtimizga munosib boʻlib ulgʻayishlariga umid bildirdi.

Shundan soʻng yana maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari ijrosidagi kontsert dasturiga navbat berildi. Tarbiyachi  opalari, musiqa ustozlari koʻmagida shoʻx qoʻshiqlar kuylashni, raqsga tushishni oʻrgangan, qoʻgʻirchoqdek yasangan bolajonlarning shirin tilda aytgan qoʻshiqlari, zavqli raqslari bayram shodligiga shodlik qoʻshdi. Shuningdek, “Barkamol avlod” bolalar maktabi, tuman Madaniyat boʻlimida faoliyat yuritayotgan raqs toʻgaragi aʼzolari ijro etgan qoʻshiq, raqslar ham barchaga manzur boʻldi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev va sektorlar rahbarlari tomoshaga kelgan maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilarining asfaltga, qogʻozga chizgan rasmlari bilan tanishib, ularning iqtidorlarini yuksak baholab, sovgʻalar bilan ragʻbatlantirishdi.

Teatrlashtirilgan bayram tomoshalari, sportchilar chiqishlari uzoq davom etdi va bolajonlarga oʻchmas taassurotlar baxsh etdi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026