OʻZBEKISTONDA AHOLINI HISOBGA OLISh DAVRI BELGILANDI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi «Oʻzbekistonda 2023-yilda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida»gi 710-sonli Qaroriga asosan 2021-yil 1-25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanlarida aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish tadbiri amalga oshiriladi.
Mamlakat darajasida aholini roʻyxatga olish esa 2023-yil 1-25-noyabr kunlari oʻtkaziladi va roʻyxatga olish boshlanishining aniq payti 2023-yil 1-noyabr soat 00.00 etib belgilandi. Roʻyxatga olishni oʻtkazish davomiyligi 25 kun boʻlib, unga koʻra, 1-5-noyabrda aholi internet tarmogʻi orqali 5 kun davomida roʻyxatga olinadi.
6-10-noyabrda, yaʼni 5 kun davomida internet orqali roʻyxatga olingan respondentlar va ularning uy manzillari roʻyxati shakllantiriladi.
11-22-noyabrda aholini roʻyxatga olish varagʻi shakllari asosida uyma-uy yurib, 12 kun ichida aholi roʻyxatga olinadi va 23-25-noyabrda har bir uchastkadagi uy-joy manzillarining 10 foizi 3 kun ichida tanlanma ravishda nazorat kuzatuvi asosida oʻrganiladi.
Aholini roʻyxatga olish ishlari aniq bir muddatda oʻtkaziladi. Bu tadbir uchun odatda 10-12 kun talab etiladi. Aholini hisobga olish davri ayrim holatlarda aholini roʻyxatga olishning nozik vaqti deb ham yuritiladi. Aholini roʻyxatga olish davridan qatʼiy nazar, aholini roʻyxatga olish birinchi kuni soat 00.00 holati boʻyicha qayd etiladi.
Misol uchun chaqaloq aholini roʻyxatga olish davrida, ammo ana shu aniq muddatdan keyin dunyoga kelsa, u aholi roʻyxat olish tadbirida roʻyxatga olinmaydi. Ammo kimdir bu nozik vaqtda hayot boʻlib, shundan keyin, yaʼni aholini roʻyxatga olish davrida vafot etsa, u aholi sifatida roʻyxatga olinadi.
Hamza Haytimbetov, Amudaryo tumani Statistika boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶