02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 13:36
Jamiyat 👁 272

«Ayollar daftari»da roʻyxatda turgan 29 nafar xotin-qizlar Buxoro shahriga sayohatga yuborildi

«Ayollar daftari»da roʻyxatda turgan 29 nafar xotin-qizlar Buxoro shahriga sayohatga yuborildi

Mamlakatimizda ayol-qizlarning rolini oshirish, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash, ularni oʻylantirayotgan muammolarni oʻrganish va hal qilishning oʻziga xos yangi tizimi yaratilib, hududlarda “Ayollar daftari” shakllantirildi. Ushbu daftarga qoʻllab-quvvatlashga muhtoj, ishsiz ayollar kiritildi va manzilli ishlarni amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi. Hech bir ayol-qiz davlat eʼtiboridan chetda qolib ketmasligini taʼminlash maqsadida bu masʼuliyatli ishga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi kabi qator hamkor tashkilotlarning biriktirildi.

Amudaryo tumanida ham “Vaqtinchalik tartib” asosida har bir sektorlar kesimida mahallabay “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan 1832 nafar ayollar kiritilgan. Shu paytga qadar “Ayollar daftari”ga kiritilgan 1473 nafar xotin-qizlarga amaliy yordamlar koʻrsatilgan. Ishga muhtoj, ishsiz 567 nafar ayollarning bandligi taʼminlandi. Kasb-hunarga 225 nafar xotin-qizlar qayta oʻqitildi, tomorqadan foydalanishni yoʻlga qoʻyish uchun 55 nafar, tadbirkorlik qilishi uchun kredit olishda 398 nafar ayollarga amaliy yordamlar koʻrsatildi.

Bundan tashqari, 173 nafar boquvchisini yoʻqotgan ehtiyojmand ayollar, 65 nafar ijtimoiy yordamga muhtoj 1- va 2-guruh nogironligi boʻlgan ayollarga, 19 nafar qaramogʻida nogiron farzandi boʻlgan ayollarimizga moddiy yordamlar ajratildi.

16-18-iyun kunlari tumanimizdan «Ayollar daftari»da roʻyxatda turgan 29 nafar xotin-qizlar Oʻzbekiston  Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda  Kasaba uyushmalari federatsiyasi  hisobidan Buxoro shahriga sayohatga yuborildi. Buxoro shahriga bir nafar tibbiyot xodimi kuzatuvida sayohatga yoʻl olgan ayol-qizlar salomatligi muntazam nazoratda boʻldi.

Butun dunyoni, koʻplab xorijiy sayyohlarni oʻziga jalb etib kelayotgan Buxoroi sharifning  mahobatli meʼmorchilik yodgorliklari, muqaddas ziyoratgohlariga tashrif buyurgan amudaryolik ayollar ularning tarixi bilan tanishdilar. Ayniqsa, Buxoro amirlarining qarorgohlari boʻlmish Ark va Sitorai Mohi Xosa saroylari ularda katta qiziqish uygʻotdi.

Sitorayi Mohi Xosa majmuasi Buxoroi sharifning eng koʻp qiziqishga sabab boʻladigan obidalaridan biri hisoblanadi. Buning oʻziga xos sabablari bor: Buxoroning soʻnggi amiri Sayid Olimxon asosan Eski shahar markazidagi Ark qoʻrgʻonida istiqomat qilgan. Amir xos mehmonlarni kutib olish, koʻngilxushlik, hordiq chiqarish uchun esa shaharning eng bahavo nuqtasi, markazdan 4 km shimolda joylashgan Mohi Xosa yozgi saroyini afzal bilgan. Buxorodagi aksar tarixiy obidalarda gulsimon, yozuvni yodga soladigan naqshlar faol qoʻllanilgan boʻlsa, Mohi Xosa bezaklari Yevropa Renessansining mozaikalarini eslatadi.

Sayohat davomida ziyoratchilar Somoniylar maqbarasi, Minorai Kalon, Labi hovuz kabi meʼmoriy obidalarni, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarni ham koʻrishga muvaffaq boʻlishdi.

Butun islom olamiga dongʻi ketgan Buxoroning yetti pirlarining ziyoratgohlari, buyuk allomalarimizning qabrlarini ziyorat qilish taomilga koʻra, Hazrat Abdulxoliq  Gʻijduvoniy ziyoratgohidan boshlanib, Naqshbandiya tariqatining asoschisi Hazrat Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hamda u kishining avliyo maqomiga yetgan Onalarining qabrlarini ziyorat qilish davomida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Sayohatchilar uchun har mahalda bepul ovqat, shinam mehmonxona, transport va ekskursovod xizmatlari taqdim etildi. Sayohatchi ayollar yangi kuch, gʻayrat va ruhiy quvvat bilan yurtimizga qaytib kelishdi.

Muqaddas Beknazarova, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026