FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻLIMI OGOHLANTIRADI: KUChLI ShAMOLDA BAXTSIZ HODISALARDAN EHTIYoT BOʻLING!
Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 8-iyulida Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 9-10-iyul kunlari Respublikamizning barcha hududlariga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi.
7-iyulda Qoraqalpogʻistonda, 8-10-iyul kunlari respublikaning barcha hududlarida baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Baʼzi joylarda esa changli boʻron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan kuchli shamol kuzatilganda koʻchada harakatlanmaslik, avtomobillarni daraxtlar va boshqa turli mustahkam boʻlmagan konstruktsiyalardan uzoqroq, xavfsiz joyga qoʻyishni soʻraydi.
Oʻzingiz va mulkingizni baxtsiz hodisalardan asrang.
AMUDARYo TUMAN FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻLIMI

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶