HUQUQIY SAVODXONLIK – MILLIY OʻZLIKNI ANGLASh SARI YOʻLDIR
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yoshlarda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish, ularda qonunlarga hurmat va Vatan taqdiriga daxldorlik tuygʻusini mustahkamlash yuzasidan tuman Adliya boʻlimi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Boʻlim xodimlari tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy targʻibot ishlari muntazam ravishda oʻtkazilib kelinmoqda.
“Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga!” shiori ostida “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga huquqiy yordam berish, ijtimoiy va turmush sharoiti ogʻir oilalarni, nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni huquqiy jihatdan himoya qilishga qaratilgan mahallabay targʻibot tadbirlari doimiy ravishda oʻtkazilmoqda. Tadbirlar jarayonida joylarda yoshlarning murojaatlari, ularni qiynayotgan muammoli masalalar ham oʻrganilib, ularga yechim topishga koʻmaklashish va amaliy yordam koʻrsatish ham yoʻlga qoʻyildi.
Qolaversa, tuman Adliya boʻlimi tomonidan “Saylov – 2021: oʻz kelajagingga ovoz ber!” shiori ostida huquqiy aktsiya, “Vatan taqdiri – mening taqdirim” mavzusida seminar-treninglar tashkil etilib, unda koʻplab yoshlar ishtirok etishmoqda.
Taʼkidlash kerakki, bunday tadbirlar ertamiz egalarining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, muctaqillik gʻoyalariga sodiqlik, milliy oʻzlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik hissini mustahkamlashga xizmat qiladi.
M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶