YoShLAR BANDLIGI TAʼMINLANMOQDA
Bugungi kunda yoshlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanib, ularning oʻz qobiliyatlarini namoyon etishlari, hayotda oʻz oʻrnini topishlari uchun imkoniyatlar, sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish orqali bandligini taʼminlash ustuvor masalaga aylanmoqda.
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi yoshlar bandligini taʼminlash koʻrsatkichlarining oshishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan tashkilot hisoblanadi. Markazda toʻgʻri tashkil etilgan ish jarayoni hamda xodimlarning oʻz ishlariga masʼuliyat bilan yondashishlari natijasida joriy yilning shu davriga qadar tumanimizdagi 425 nafar ishsiz yoshlar rejada belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha ishga joylashtirildi. Shundan 351 nafari “Yoshlar daftari”da turgan yoshlar hisoblanadi.
Shuningdek, 289 nafar ishsiz yoshlardan 253 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan boʻlib, ularni jamoat ishlariga biriktirish orqali bandligi taʼminlandi. 107 nafar yoshlar kasb-hunarga oʻqitish hamda malaka oshirishga jalb etildi.
Tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan joriy yilning shu davriga qadar 157 nafar yoshlarga ishsizlik nafaqasi tayinlandi.
Qolaversa, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, shaxsiy tomorqasini rivojlantirish, issiqxona tashkil qilish orqali oʻz-oʻzini band qilishlariga amaliy yordamlar koʻrsatilmoqda hamda band boʻlmagan yoshlar safi kamayishiga erishilmoqda.
Farhod Ahmedov,
tuman Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶