KORRUPTsIYa – JAMIYaT UChUN XAVFLI
Mamlakatimizda keyingi yillarda korruptsiyaga qarshi bir qancha normativ hujjatlar qabul qilindi. Davlatimiz rahbari Prezident sifatida imzo chekkan eng birinchi hujjat “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni boʻldi. Ushbu Qonun meʼyorlarining samarali ijrosini taʼminlash maqsadida Prezidentning 2017-yil 2-fevraldagi Qarori bilan “2017-2018-yillarga moʻljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat dasturi” qabul qilindi.
Umuman olganda, soʻnggi yillarda qilingan ishlar tahlili aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korruptsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli choralar koʻrildi.
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament nazoratini taʼminlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
Korruptsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, barcha birga harakat qilishi muhim oʻrin tutadi.
Shuning bilan birga taʼkidlash joizki, korruptsiya kelib chiqishiga yoʻl qoʻymaslik, qonunlarni oʻz vaqtida ijro etishni taʼminlash, korruptsiyaning keltirib chiqaruvchi holatlarning oldin olish choralarini koʻrish har bir davlat organi lavozimli shaxslarining va fuqarolarning vazifasi boʻlishi kerak.
Q.AtamuraDov,
Fuqarolik ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.
R.Sankibayev,
tuman prokurori oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶