Sayyor qabullarda muammolar oʻz yechimini topmoqda
Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur tamoyil davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilanib, joylarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tashkil etildi hamda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar yoʻlga qoʻyildi. Davlat idoralari insonlar muammolari, aholi ehtiyojlari va talablari asosida ishlarni tashkil eta boshladi.
2021-yilning 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan boʻlib, yigʻilishda oldinda turgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Mazkur vazifalar ijrosini taʼminlash borasida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi.
Xususan, joriy yilning 27-iyul sanasida Amudaryo tumani 1-sektor hududidagi Choykoʻl ovulida oʻtkazilgan sayyor qabul ham shu maqsadga yoʻnaltirildi.
Sayyor qabulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari Baxitjan Habibullayev, Amudaryo tumani hokimi, 1-sektor rahbari Sultonboy Yoʻldashev tumandagi davlat muassasalari, korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda aholi vakillari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda 30 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlari koʻrib chiqildi. Qabul qilingan murojaatlarning aksariyati kadastr sohasiga oid, yer ajratish toʻgʻrisida, moddiy yordam soʻrash, kredit olish masalasi, tibbiyot sohasiga oid, bandligini taʼminlash masalalari boʻyicha boʻldi.
Mazkur murojaatlardagi masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga koʻrsatma va topshiriqlar berildi. Shuningdek, qator masalalar shu yerning oʻzida hal qilindi. Xususan, Pardagul Yuldashevaning nevarasini davolatishda amaliy yordam berish haqidagi, Shukurulla Nurimbetovning farzandiga moddiy yordam olish hamda oziq-ovqat mahsulotlariga yetishmovchiligi boʻyicha qilgan murojaatlari shu joyning oʻzida ijobiy hal qilindi.
Shu oʻrinda aytish kerakki, Prezident raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida aholi murojaatlari bilan ishlashning bugungi holati vazirlik va hududlar kesimida muhokama qilinib, odamlarni murojaat qilishga majbur etayotgan muammolarni mahallaning oʻzida bartaraf qilish kerakligi taʼkidlandi. Buning uchun viloyat, tuman va shahar hokimlari bir haftada ikki kunni fuqarolarni qabul qilishga ajratishi, shuningdek, hokimliklarda kunlik qabul yoʻlga qoʻyilishi belgilandi. Aholi toʻgʻridan-toʻgʻri tun-u kun murojaat qilishi uchun hokimlarning virtual qabulxonasi va ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalarini tashkil etish vazifasi qoʻyildi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda tegishli mutasaddi rahbarlar oldindagi zarur chora-tadbirlarni belgilab olib, tizimli ishlarni tashkil qilishmoqda.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶