“Xotin-qizlarning eng yaxshi startap loyihasi” tanlovining hududiy bosqichi oʻtkazildi
Mamlakatimizda xududlardagi xotin-qizlar tadbirkorlik markazlarida 2019-2021-yillarda oʻqib, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladigan, turmush farovonligini oshirishga qaratilgan, fuqorolarni layoqatiga mos kasbni egallashlari uchun imkoniyatlar yaratishga yoʻnaltirilgan qator loyihalari amalga oshirilmoqda.
Xususan, iqtisodiyotning ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va servis hamda boshqa sohalari boʻyicha oʻz startap loyihalarini tayyorlagan xotin-qizlar oʻrtasida “Xotin-qizlarning eng yaxshi startap loyihasi” tanlovi oʻtkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 28-iyul sanasida Amudaryo tumanida mazkur tanlovning hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovda tumandagi qator tadbirkor ayollar oʻzlarining yangi loyihalari bilan ishtirok etdilar.
Aytish kerakki, ushbu tanlov hududlardagi xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari jamoasi tomonidan tadbirkorlikka yoʻnaltirilgan xotin-qizlarning loyihalarini amaliyotga joriy qilish masalasiga xizmat qiladi. Shu maqsadda tumanimizda tashkil etilgan mazkur tanlovning hududiy bosqichida ishtirokchilar “Ishlab chiqarish boʻyicha eng yaxshi startap loyiha”, “Yengil sanoat va toʻqimachilik boʻyicha yaxshi startap loyiha”, “Servis sohasidagi eng yaxshi startap loyiha”, “Noanʼanaviy tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha eng yaxshi startap loyihala” kabi nominatsiyalar asosida oʻz loyihalarini taqdim etdilar. Tanovning yakuniy natijalariga koʻra yakka tadbirkor Mehribon Xonovaning loyihasi eng yaxshi startap loyiha deya topildi hamda yakka tadbirkor 1-oʻrin sohibasi boʻldi.
Muqaddas Beknazarova, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boʻshligʻining birinchi oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶