29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:31
Fan va taʼlim 👁 227

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA “KELAJAK YuLDUZLARI” XEShTEGI OSTIDA DAVRA SUHBATI TAShKIL ETILDI

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA “KELAJAK YuLDUZLARI” XEShTEGI OSTIDA DAVRA SUHBATI TAShKIL ETILDI

Barkamol avlod yurt kelajagini yaratadi. Yoshlarning taʼlim-tarbiyasi kelajagimiz uchun alohida ahamiyatga ega boʻlganligi bois mamlakatimizda ularning puxta taʼlim-tarbiya olishi uchun qulay sharoit yaratish masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish bilan birga kasb-hunar toʻgʻrisida ilk koʻnikmalar hosil qilishlarini taʼminlash maqsadida ham maktab taʼlimidan tashqari imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bu borada Amudaryo tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida qilinayotgan ishlarni alohida taʼkidlash joiz. Xalq taʼlimi tizimining muhim tarkibiy boʻlagiga aylanib ulgurgan tumandagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida oʻquvchilarning ijodiy qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirish,  ularni milliy anʼanalar, tarixiy qadriyatlar va buyuk ajdodlar merosi  asosida tarbiyalashga jiddiy yondashiladi. Ijodkor, qiziqqan  sohasi boʻyicha  yangiliklarni yaratishga tayyor oʻquvchilar shu maktab toʻgaraklarida ilk kasbiy koʻnikmalarni oʻrganadi.

4-avgust kuni mazkur maktabda “Yuksalish oyligi” doirasida “Kelajak yulduzlari” xeshtegi ostida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Xonimjon Rajabova, tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari Anvar Xudoyberganov, Nasiba Eshchonova, Oybek Begimovlar qatnashishdi.

Tumanimiz madaniyat tizimda koʻp yillardan beri faoliyat koʻrsatib kelayotgan tajribali xodimlar yoshlarga madaniyat va sanʼat, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qaratilayotgan yuksak eʼtibor, yaratilayotgan imkoniyatlar haqida gapirib berdilar.

Madaniyat va sanʼatning jamiyat rivojidagi oʻrni  xususida soʻz yuritib, sohani rivojlantirish, hamda kelajak avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash maqsadida ixtisoslashtirilgan madaniyat va sanʼat maktablari hamda maktab-internatlarining faoliyati yoʻlga qoʻyilgani, ularning moddiy-texnika bazasi mustahkamlangani, bu oʻz navbatida yurtimiz yoshlarining nufuzli xalqaro tanlovlardagi muvaffaqiyatlariga zamin boʻlayotganini alohida taʼkidladilar.

Yurtimizda madaniyat va sanʼat sohasida xalqaro darajadagi festivallarning oʻtkazilishi oʻzbek madaniyatining asl tarixiy ildizlarini mustahkamlash va jahonda targʻib qilinishiga xizmat qilayotganini faxru-iftixor bilan eʼtirof etdilar.

Davra suhbati davomida «Uchqun» ashula  va  raqs  xalq  ansambli badiiy rahbari sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan xonanda Anvar Xudoyberganov oʻquvchi-yoshlarga tuman madaniyat markazidagi  3 ta  xalq  ansambli,  yaʼni «Uchqun» ashula  va  raqs  xalq  ansambli, «Ofarin» folklor-etnografik  xalq jamoasi, «Jayhun  moʻʼjizasi» anʼanaviy sahna  tsirk  xalq  jamoalari nafaqat tuman, balki Oʻzbekiston miqyosida taniqliligini bayon etdi.

Shu jumladan,  22-yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Drama havaskorlik”, Amudaryo tumaniga xos boʻlgan “Masxarabozlik sanʼati”, “Simli dor oʻyinlari ” jamoalari xalqimizning maʼnaviy   qadriyatlarini  tiklash, ularni  asrab-avaylash  va  rivojlantirish, muqaddas  dinimiz, urf-odatlarimizni, tarixiy, ilmiy, madaniy  merosimizni  yuksaltirish  borasida  tinmay  xizmat  qilayotganini aytib oʻtdi.

Tadbirga tashrif buyurgan soha xodimlari ashulalar, sheʼrlardan iborat ijod namunalarini ijro etib, yoshlar bilan baham koʻrdilar. Shuningdek, maktabning badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari ham musiqiy dastur, ajoyib qoʻshiq va dilrabo raqslar namoyish etib, tadbirga yanada fayz kiritdilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026