01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 08:13
Jamiyat 👁 572

DEPUTAT ShUHRAT MATKARIMOV HAQIQIY YuRT FIDOYISI

DEPUTAT ShUHRAT MATKARIMOV HAQIQIY YuRT FIDOYISI

Bugungi kunda mamlakatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, aholi bilan tizimli ravishda ishlash, ularning kundalik muammolarini hal etishda amaliy yordam berish, barcha islohotlar negizida xalq manfaatlari ustunligi tamoyili asosida ish olib borishda Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining oʻrni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Shuhrat Matkarimov Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati etib saylangan davrdan buyon oʻzi saylangan Toʻlqin saylov okrugi hududidagi aholining turmush tarzini yaxshilash borasida har tomonlama amaliy yordamlar koʻrsatib kelmoqda.
Shuhrat Matkarimov oʻzi tashkil etgan “Toʻlqinli Ismoil chorvador” naslli fermer xoʻjaligi rahbari boʻlib ishlaydi. U tumanda qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda salmoqli hissa qoʻshib kelayotgan tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda 124 gektar yer maydoniga ega boʻlgan mazkur fermer xoʻjaligi 2009-yilda tashkil etilgan. Kredit mablagʻlari hisobidan 150 nafar golshtin zotli sigirlar olib kelinib, chorvachilik faoliyati rivojlantirilgan. Hozirda chorvachilik xoʻjaligida 110 bosh naslli qoramollar yetishtirilib, aholiga qulay narxlarda yetkazib berilmoqda.
Shuningdek, Shuhrat Matkarimov chorvachilik faoliyatidan tashqari, paxtachilk hamda gʻallachilik bilan ham shugʻullanib keladi. Bu tarmoqlarda olib borilayotgan samarali ishlari natijasida har yili gʻalladan 60-70 tsentner, paxtadan 40-45 tsentnerdan hosil olinmoqda.


Deputatlik faoliyati mobaynida Shuhrat Matkarimov Toʻlqin saylov okrugi hududida yashovchi aholini qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganishga, ularni bartaraf qilishga, xalqni rozi qilishga astoydil harakat qilib kelmoqda.
Deputat Qipchoq arna kanalining Toma aholi punktidagi koʻprikni taʼmirlashga, ovuldagi 3 ta aholi punktidan oʻtuvchi 3 km. uzunlikdagi yoʻlga va “Kallali bobo” qabristoniga boruvchi yoʻlga tosh yotqizish ishlarini amalga oshirishda tashabbuskorlik hamda amaliy yordam koʻrsatdi. Ovuldagi kam taʼminlangan oilalardan birining uy-joyini taʼmirlab, ushbu oilaga 13 bosh echki olib berdi, 2 nafar boquvchisi yoʻq talabalarning kontrakt pullarini toʻladi. Shuhrat Matkarimov 11 ta ehtiyojmand oilaga uy-joyini taʼmirlash uchun qurilish materiallari olib berib, 2 ta kam taʼminlangan oilaning imoratini shiferlashda homiylik yordamlarini koʻrsatdi.
Shuningdek, deputat ovul yoshlarining sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun hududdagi maktablardagi sharoitlarni yaxshilashga alohida eʼtibor qaratib kelmoqda. Xususan, 32-sonli maktab oʻquvchilari uchun sunʼiy qoplamali mini futbol maydonchasini qurib, maktab atrofini obodonlashtirdi. Bogʻ yaratish uchun yer maydonlarini tekislatib berdi. Maktabga har xil badiiy kitoblar sovgʻa qildi.
Qolaversa, 28-sonli maktab oʻquvchilarining maktabga qatnovi uchun kichik koʻprik qurilishida, Toma aholi punktidagi aholi uchun alohida transformator oʻrnatilishida homiylik qildi. Band boʻlmagan yoshlardan 5 nafarini ish bilan taʼminlash hamda ularning daromad topishlari uchun 16 bosh qoramollar olib berdi. Shu bilan birga, Shuhrat Matkarimov 2020-yilda Toʻlqin ovuliga 17 km. uzunlikdagi optik tolali aloqa tarmogʻini tortish uchun qazish ishlarida 40 mln. soʻm homiylik yordamini koʻrsatdi.
Taʼkidlash kerakki, Shuhrat Matkarimov pandemiya davrida ovuldagi kam taʼminlangan, ehtiyojmand fuqarolarga har tomonlama yordam koʻrsatib kelmoqda. Ovuldagi yordamga muhtoj boʻlgan oilalarga 60 qop un, 80 qop bugʻdoy, 70 kg. oʻsimlik yogʻini xayriya sifatida tarqatdi hamda ulugʻ ayyomlar arafasida, bayramlarda kam taʼminlangan oilalarga un, goʻsht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini sovgʻa sifatida muntazam ravishda tarqatadi.
Shuhrat Matkarimov yashash tarzi, deputatlik va tadbirkorlik faoliyatida amalga oshirgan ishlarining samaradorligi hamda insoniy fazilatlarining yuksakligi jihatdan undan har tomonlama oʻrnak va ibrat olish lozim boʻlgan, oʻzgalarga namuna sifatida koʻrsatsa arziydigan, tom maʼnodagi, xalq dardi bilan yashaydigan yurt fidoyisi, desak, also mubolagʻa boʻlmaydi.

Charos Arslonova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026