MAHALLA FUQAROLARIGA KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA QONUNChILIKDAGI OʻZGARIShLAR TANIShTIRILDI
Sud tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlarning sud-huquq islohotlarini amalga oshirish yuzasidan Yoʻl xaritasida koʻrsatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Navoiy nomli mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazildi.
Uchrashuvlar davomida yoshlar oʻrtasida korruptsiya, poraxoʻrlik, mansab lavozimini suisteʼmol qilish, taʼmagirlik kabi illatlarning oldini olish va bu kabi illatlarga qarshi kurashishga yordam berish maqsadida qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar tanishtirildi. Undan tashqari, Prezidentimizning “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.
Uchrashuvda fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.
J.Urazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶