02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 07:25
Jamiyat 👁 327

XITOY OVULIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZINING FILIALI ISh BOShLADI

XITOY OVULIDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZINING FILIALI ISh BOShLADI

Xitoy ovulidagi fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Ushbu binoda Davlat xizmatlari markazi filiali ham tashkil etildi.

Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirda Davlat xizmatlari agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi M.Abdijaliyev hamda tuman hokimi S.Yoʻldashev soʻzga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida soʻz yuritdilar.

Shuningdek, tuman faollari nomidan T.Abdullayev nutq soʻzlab, bu kabi bunyodkorlik ishlari yurtimizning yanada taraqqiy etishida muhim ahamiyat kasb etishi xususida toʻxtaldi.

Mamlakatimizdagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan olis hududlarga chiqib, sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tuman Davlat xizmatlari markazi joriy yilning shu davriga qadar 3 mingga yaqin davlat xizmatlarini sayyor tartibda amalga oshirgan.

Davlatimiz rahbarining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga koʻra, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda Davlat xizmatlari markazlari filiallarini bosqichma-bosqich tashkil etish belgilab berildi.

Mazkur hujjat asosida tuman markazidan 22 km. olisda joylashgan Xitoy ovulida ham Davlat xizmatlari markazi filialining tashkil qilinishi hududda istiqomat qiluvchi aholining uzogʻini yaqin, ogʻirini yengil, vaqtini hamda moddiy xarajatlarini tejash imkonini beradi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar Xitoy ovulida tashkil etilgan Davlat xizmatlari markazi filialining samarali faoliyat yuritishida muvaffaqiyat tiladilar.

Hashar – elga yarashar

Tumanimizda umumxalq Xayriya hashari uyushqoqlik bilan OʻTKAZILDI

Joriy yilning 21-avgust sanasida mamlakatimizda umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari oʻtkazilib, yurtimiz boʻylab barcha hududlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi.

 

“Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida oʻtkazilgan xayriya hasharida aholining barcha qatlamlari ishtirok etib, yurtimiz obodligi va farovonligiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

Tumanda “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligida samarali ishlar tashkil qilinib, obodonlashtirish xayriya hashari doirasida mahallalar, aholi yashash xonadonlari, koʻp qavatli uylar atroflari, guzar va xiyobonlar, ziyoratgoh va qabristonlar, bolalar maydonchalarida keng koʻlamli obodonlashtirish  va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, hashar ishtirokchilari tomonidan tumanimizdagi yordamga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yolgʻiz yashovchi hamda nogironligi boʻlgan fuqarolar, keksalar holidan xabar olinib, ularning yashash sharoitlari yaxshilanib, uy-joylarini taʼmirlashga koʻmaklashildi. Mahalla faollari boshchiligida ehtiyojmand kishilarning taʼmirtalab holga kelib qolgan uy-joylarini taʼmirlash ishlari olib borildi, uylari ohaklab berildi.

Ulugʻ ayyom kunlari arafasida amalga oshirilgan bu kabi xayrli ishlar xalqimizning eng ezgu anʼanalaridan biriga aylangan. Koʻngli oʻksik hamyurtlarimiz bu kabi eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan gʻoyat xursand boʻldilar hamda masʼullarga minnatdorchilik bildirdilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026