02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 04:36
Jamiyat 👁 274

Yoshlarning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olishga qaratilgan tadbir oʻtkazildi

Yoshlarning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olishga qaratilgan tadbir oʻtkazildi

Bugungi kunda diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish va chek qoʻyish hamda ularni moliyalashtirish manba va kanallariga barham berishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni belgilash, bu borada milliy va xalqaro darajada saʼy-harakatlarni birlashtirish davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan hisoblanadi.

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish maqsadida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2021 - 2026-yillarga moʻljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishda muhim hujjat boʻlib xizmat qilmoqda.

Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 38-sonli maktabda yoshlarning islomga yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish masalalariga bagʻishlangan targʻibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Tadbirda tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimi Ulugʻbek Poʻlatov maktab oʻquvchilariga islom diniga yot boʻlgan gʻoyalar, ularning ayanchli oqibatlari va ulardan saqlanish yoʻllari haqida keng tushunchalar berib oʻtdi.

Taʼkidlanganidek, yoshlar har bir jamiyatning eng ishongan va muhim qatlami hisoblanadi. Sababi, mamlakat ertangi kuni ularning qanday shaxs boʻlib shakllanishlari hamda maqsadlariga bogʻliq. Aynan shu sababdan ularni zararli gʻoyalar va yot fikrlardan himoyalash dolzarbdir.

Hozirda yoshlar ongiga taʼsir qilib, ular qalbiga oʻz buzgʻunchi gʻoyalarini singdirishni yoki ularni toʻgʻri yoʻldan ozdirishni maqsad qilgan kuchlar tobora ortib bormoqda. Bu holat oddiy kompyuter oʻyinlaridan tortib internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, mobil aloqa dasturlarida ham ochiq koʻzga tashlanadi. Yuzaki qaraganda, arzimas tuyuladigan bu harakatlar vaqt oʻtgani sari jiddiylashib, qatʼiylashib boraveradi.

Aytish kerakki, mamlakatimizda diniy bagʻrikenglik va vijdon erkinligini taʼminlashga, shuningdek, yoshlarni terroristik, ekstremistik va boshqa buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan samarali himoya qilishga qaratilgan jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish boʻyicha keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari orasida tashkil etilayotgan targʻibot va tushuntirish tadbirlarining ahamiyati katta.

Targʻibot tadbirida oʻquvchilarga sababsiz dars qoldirmasliklari, oʻtilayotgan har bir darsni qunt bilan oʻzlashtirishlari lozimligi, maktabga oʻz vaqtida kelish va ketish zarurligi, shuningdek, har bir oʻquvchi odob-axloq qoidalariga amal qilishlari, har bir daqiqadan unumli foydalanib bilim olishlari lozimligi tushuntirildi.

Qolaversa, tinch, osuda, osoyishta hayotimizga xavf solayotgan illatlar-diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlariningina emas, balki har fuqaroning jamiyat oldidagi asosiy burchi ekanligi taʼkidlandi.

Tadbir ishtirokchilariga doimo ogoh, atrofimizdagi insonlarga eʼtiborli boʻlishlari lozimligi, shu kabi jinoiy hodisalarga duch kelib qolgan taqdirda IIB xodimlariga zudlik bilan xabar berish kerakligi aytib oʻtildi.

Yigʻilish soʻngida mavzu yuzasidan ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026