29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:46
Fan va taʼlim 👁 229

KASB-HUNARLI YoShLAR JAMIYaTNI BEZAYDI

KASB-HUNARLI YoShLAR JAMIYaTNI BEZAYDI

Insonga umri davomida kasb-hunar va bilim doim hamrohlik qiladi. Ular bilangina hayot mukammal, toʻkis va mazmunli boʻladi. Hunar va bilimga ega boʻlgan inson, albatta, jamiyatni ham bezaydi.
Yoshlarning kasb-hunar oʻrganishiga imkoniyat yaratish maqsadida tumanimizda ham Prezidentimizning “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga binoan Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kolleji negizida 2020-2021 oʻquv yilidan  Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti tasarrufidagi Amudaryo muhandislik texnikumi tashkil etildi. Mazkur texnikumga oʻtgan oʻquv yilida 10 turdan ortiq yoʻnalish boʻyicha 173 nafar oʻquvchi qabul qilindi. Ushbu maskanda kasb-hunar oʻrganayotgan yoshlar ayni paytda 2-bosqichda taʼlim olishmoqda.
Texnikumning hozirgi kundagi quvvati 936-oʻrinli. Undan tashqari, 100 nafar oʻquvchi oʻringa moʻljallangan yotoqxona, 150-oʻrinli faollar zali, 100-oʻrinli oshxona muntazam ishlab turibdi. Taʼlim kunduzgi shaklda olib boriladi, oʻqish muddati esa 2-yil davom etadi. Oʻquv muassasasiga umumtaʼlim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari hamda oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan yoshlar toʻlov-kontrakt va davlat byudjeti asosida qabul qilinadi.
Amudaryo muhandislik texnikumidagi oʻquv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Oʻquv-laboratoriya, ustaxona jihozlari va boshqa texnika vositalari bilan taʼminlangan. Yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv amaliyotlarini oʻtash uchun mos ravishdagi mashgʻulot xonalari mavjud. Texnikumda oʻquv auditoriyalar soni 25 ta, fan kabinetlar va laboratoriyalar soni 5 ta, oʻquv ustaxonalari, yaʼni amaliyot xonalari 9 tadan iborat. Maskandagi kutubxonada 11300 taga yaqin badiiy va mutaxassisliklar boʻyicha oʻquv adabiyotlar keltirilgan. Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash va servis texnik-texnologi, tashishlarni tashkil etish va transportni boshqarish, elektr stantsiyalari tarmoqlari va tizimlari, veterinariya meditsinasi kabi yoʻnalishlarda tahsil olayotgan yoshlar mukammal taʼlim olib, hunar oʻrganishlari uchun ushbu muassasada keng imkoniyatlar mavjud.
Joriy 2021-2022 oʻquv yilida ham texnikumda  qabul jarayonlari oʻtkazilib, 178 nafar oʻquvchi qabul qilindi va oʻquv mashgʻulotlari boshlab yuborildi.
Amudaryo muhandislik texnikumida Ozodboy Eshimbetov, Sayyora Mingboyeva,  Gulxumor Ernapasova, Toʻlgʻonoy Eshmurodovalar kabi tajribali oʻqituvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari faoliyat koʻrsatmoqda. Sobiq Amudaryo qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida ham ulardan bilim olib, kasb va hunar oʻrgangan oʻquvchilardan 12 nafari 2017-yilda, 2 nafari 2018-yilda, nafari 2019-yilda matematika va fizika fanlaridan sovrinli oʻrinlar gʻoliblari boʻlishgan edi.  Shaxmat boʻyicha 2016-yilda oʻtkazilgan Qoraqalpogʻiston chempionatida ishtirok etgan Azimjon Rahimov 1-oʻrin gʻolibi, 2018-yilda oʻtkazilgan barkamol avlod sport musobaqalarida 2 nafar, 2019-yilda ham 2 nafar oʻquvchi sovrinli oʻrinlarni egallashdi.
2017-2018-yillarda Moʻynoq tumanida oʻtkazilgan “Orol va Moʻynoqning qayta tiklanishi” ekofestivali, “Orol dengizi baliqlaridan 99 turdagi taomlar” gastronomik festivali kabilarda oʻquvchi-yoshlar oʻz iqtidorlarini koʻrsatib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi tomonidan hurmat yorligʻi bilan taqdirlandi. 2018-2019 oʻquv yilida esa «Kasb-mahorati» koʻrik-tanlovida iqtidorli oʻquvchi Munisa Odilova Qoraqalpogʻistonda 1-oʻrin gʻolibi boʻldi va Toshkent shahrida  oʻtkazilgan Oʻzbekiston bosqichida faxrli 3-oʻrinni egalladi.  
Amudaryo muhandislik texnikumida ham kelajakda samarali natijalarni qoʻlga kiritish, muassasa nufuzini koʻtarish borasida tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Hozirgi kunda faoliyat olib borayotgan mavjud kafedralar va oliy taʼlim muassasalaridagi kafedralar bilan hamkorlik shartnomalari tuzilib, oʻquv-uslubiy majmualar yaratilmoqda. Oʻquv maskanida taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquvchilarning kasb-hunar sirlarini mukammal oʻrganishlariga imkoniyat yaratish maqsadida mashgʻulotlar integratsiyalashgan taʼlim usulida tashkil etilmoqda.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026