BOShLANGʻICh TAʼLIM FAN OYLIGI YaKUNIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR OʻTKAZILDI
Yurtimizdagi barcha umumtaʼlim maskanlarida sentyabr oyi davomida boshlangʻich taʼlim fani oyligiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini taʼlimga yanada qiziqtirish, sifat va samaradorlikni oshirish maqsadida fan oyligi munosabati bilan ochiq oʻquv mashgʻulotlari, turli kechalar, zakovat oʻyinlari, koʻrgazmalar tashkil etildi.

Fan oyligi tadbirlari 36-sonli umumtaʼlim maktabida ham qiziqarli va samarali oʻtkazildi. Oylik davomidagi tadbirlarda boshlangʻich taʼlimi oʻqituvchilari bilan birga oʻquvchilar ham faol ishtirok etishdi.
28-sentyabr kuni maktabda fan oyligi yakuniga bagʻishlangan katta tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda oʻquvchilar fan tarixi, buyuk allomalar haqidagi maʼruzalari, sheʼrlari bilan qatnashishdi. Shuningdek, turli qoʻshiq va raqslari bilan kechaga yanada fayz kiritishdi.

Tadbir davomida oʻquvchilarning fanlardan oʻzlashtirishi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalari monitoring qilindi. Ochiq darslar va oʻquvchilarning faolliklari, ular tayyorlagan bukletlar, tashkil etilgan koʻrgazmalar yuqori baholanib, maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi va faxriy yorliqlar topshirildi.

Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy
masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶