Yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish mavzusida oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi
Bugungi kunda mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa, oʻrta va quyi boʻgʻinda huquqiy jihatdan taʼminlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat koʻrsatishga qaratilgan islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning «2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmoniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlariga markazlashgan yuridik xizmat koʻrsatish tizimini joriy qilish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda qabul qilingan Prezidentning “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bu borada muhim dasturilamal boʻlmoqda.
Mazkur Qaror bilan 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Adliya boshqarmalari huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlarini respublikaning barcha tuman va shaharlarida tashkil etish belgilangan.
Joriy yilning 27-sentyabr kuni Amudaryo tuman hokimligining majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat organlari va tashkilotlarining tuman boʻlinmalari rahbarlari hamda masʼul xodimlari ishtirokida oʻquv-seminari boʻlib oʻtdi. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritilib, “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali hujjat almashinuv jarayoni koʻrgazmali tarzda namoyish etildi.
Oʻquv-seminarida taʼkidlanishicha, yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlash, davlat tashkilotlariga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatish, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, davlat tashkilotlarining mulkiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻz vaqtida, har tomonlama va samarali himoya qilinishini taʼminlash, davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli boʻlishini taʼminlash joylarda tashkil etilayotgan yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlarinining asosiy yoʻnalishlari etib belgilangan.
Shuningdek, 2021-yil 1-oktyabrdan boshlab davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq barcha maʼlumot va jarayonlarni toʻliq elektron ravishda yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish va amalga oshirish imkonini beruvchi “E-huquqshunos” elektron tizimini bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi.
Qayd etilishicha, “E-huquqshunos” elektron tizimi qator asosiy imkoniyatlarga ega boʻlib, elektron tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish, elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlariga yuborish, markazlarning masʼul xodimlari tomonidan, tegishli xulosa tayyorlash, hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda, elektron tizimga biriktirish hamda oʻzaro hujjat almashish kabi qator qulayliklar yaratiladi.
Oʻquv-seminar davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Nilufar Jumaniyozova, tuman Yuridik xizmatlar koʻrsatish markazi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶