02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 07:17
Jamiyat 👁 219

1-OKTYaBR – OʻQITUVChI VA MURABBIYLAR KUNIGA

1-OKTYaBR – OʻQITUVChI  VA MURABBIYLAR KUNIGA

Insoniyatning ong-tafakkuri rivojlangani sari u yaratgan bilimlar ham ortib bordi. Tarix fanidan bizga maʼlumki, ijtimoiy ong shakllaridan biri boʻlgan fanni tarmoqlarga ajratgan qadimgi yunonlarda toʻplangan bilimlarni kelgusi avlodga oʻrgatuvchi kishilarni “pedagoglar” deb atashgan. Bora-bora bilimlar bilan birga uni oʻqitish usullari ham takomillashib borgan. Har bir davrda, u qaysi mamlakat boʻlmasin, agar sanʼat rivoji uchun sharoit boʻlsa ijodkor kishilar, harbiy harakatlar ustuvor boʻlganda qoʻshin boshliqlari, falsafaga ehtiyoj boʻlganda faylasuflar, fan taraqqiy qilishi uchun imkon boʻlganda olimlarning taʼlim berishlari muhim hisoblangan. Buyuk geografik kashfiyotlar, fan-texnika yutuqlaridan soʻng taraqqiyot yanada tezlashib ketdi, insoniyat XX asrni oʻz tafakkuri va irodasining kuchi asrlar boʻyi amalga oshmagan moʻjizalarni qilishga qodirligining yana bir isboti sifatida tarixga muhrladi. Endilikda inson oʻzining uzoq ajdodidan farqli ravishda jamiyatning ongli kishisi sifatida yashashi uchun koʻp narsalarni bilishga majbur. Bu bilish yoʻli esa uzoq va bepoyondir, undan yolgʻiz bormoq adashishlarga olib boradi. Bu yoʻlning boshidan bizga uni yaxshi biluvchi, bizga oʻrgatuvchi ustozlar hamroh boʻladi. Tafakkurimiz rivojlanishi uchun oldin borliqni anglaymiz, oʻzimizgacha yaratilganlarni oʻrganamiz, boshqacha aytganda, devor tiklash uchun oldin poydevor hosil qilamiz. Bunda oʻqituvchi bergan bilimlar kurtagining ahamiyati katta boʻladi.
Maktabga ilk qadamini qoʻygan bolaning ongida xotiralar, sezgilar, ota-onasi orqali olgan birinchi taassurotlar mavjud boʻladi. Haqiqiy bilimlar bilan u taʼlim jarayonlarida tanishadi, fikrlash koʻnikmasi shakllanadi, oʻzida mavjud boʻlgan qobiliyatlar namoyon boʻla boshlaydi. Ushbu jarayonlarda bilimlar va oʻquvchi orasida ularning birinchisini ikkinchisiga yetkazuvchi oʻqituvchining oʻrni katta. Bogʻ parvarish qiladigan bogʻbonning ishi qancha mashaqqatli boʻlsa, insonni yetuk qilib jamiyatga olib kiruvchi oʻqituvchining masʼuliyati ham shunchalik ogʻir. Kishi hayotida erishgan barcha yutuqlarda oʻziga berilgan bilim va tarbiya, uni bergan kishining zahmati aks etib turadi.
Ustoz va murabbiylik keng tushunchadir. Faqat oʻquv dargohlarida emas, balki keng hayotda, uning turli jabhalarida bizga zarur boʻlgan, koʻmak beradigan bilimlar, yoʻl-yoʻriq, maslahatlarini bergan kishilar ham ustoz hisoblanadi. Garchi bir davrda yashamagan boʻlsalar-da, biroq asarlari oʻzi uchun maktab vazifasini oʻtagani, koʻp narsalarni oʻrgatgani uchun Abdulla Qahhor rus adibi Chexovni oʻzining ustozi deb bilgan edi. Hayot yoʻli, qilgan ishlari bizga oʻrnak boʻlgan va ruhan tarbiyalagan, bevosita va bilvosita bergan maslahatlari, gaplari hayotimizni yaxshi tomonga oʻzgartirgan kishilar ustoz deb atalmoqqa loyiqdir.
Kishi oʻz-oʻziga ham ustoz boʻlishi shart. Bizga berilgan taʼlimdan tashqari mustaqil oʻqib-oʻrganishning ham oʻrni gʻoyat ahamiyatli.  Oʻz ustimizda ishlamasak, bizga oʻrgatilganlarning samarasi kuchli boʻlmaydi. Erkin va ijodiy fikrlash orqali yangi bilimlarni yaratamiz, hamma davrlarda shunday boʻlgan, biroq oldinga qarata tashlangan har bir qadamimizning ostida zamin – bilimlar, ularni bizga bergan Ustozlarning mashaqqatli mehnati yotadi.

Siroj Olimov, Amudaryo tumani 30-sonli umumtaʼlim maktabining
Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026