KAM TAʼMINLANGAN OILALARGA BOLALAR NAFAQASI JORIY ETILADI
Prezidentimiz tomonidan shu yil avgust oyida “Kam taminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish va kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon qabul qilindi. Farmonga koʻra, 1-sentyabrdan boshlab, 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi oʻrniga kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi. Bolalar nafaqasini tayinlashda inobatga olinadigan yosh 14 yoshdan 18 yoshgacha, toʻlov muddati 12 oygacha oshiriladi.
Nafaqaning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qoʻllaniladi. Shuningdek, bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam toʻlovlarining miqdorlari belgilandi.
Bunda 2021-yil 1-sentyabrga qadar tayinlangan 14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamni toʻlash muddatlari tugaguniga qadar, mazkur turdagi nafaqalar va moddiy yordamning amaldagi miqdorlari hamda ularni toʻlash muddatlari saqlab qolinadi.
Shu bilan bir qatorda, ushbu Farmon asosida shu yil 1-sentyabrdan boshlab, fuqarolar tomonidan yangidan kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlanganda, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-sentyabrdagi Qaroriga muvofiq un va qolipli non sotib olish uchun qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun toʻlanadigan oylik pul kompensatsiyasi toʻlash tartibi bekor qilindi.
B.Utaboyev,
Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi
tuman boʻlimi shoʻʼba mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶