29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 15:25
Fan va taʼlim 👁 250

VARIATIV OʻQUV-REJA ASOSIDAGI MAShGʻULOTLAR TAʼLIM SAMARASINI OShIRADI

VARIATIV OʻQUV-REJA ASOSIDAGI MAShGʻULOTLAR TAʼLIM SAMARASINI OShIRADI

Yosh avlodni yurtga munosib, jamiyat kelajagiga daxldor, komil insonlar qilib tarbiyalash bugungi kundagi dolzarb vazifa sanaladi. Shu bois, taʼlim-tarbiya tizimi tubdan isloh qilinib, sohada muhim oʻzgarishlar, keng qamrovli va samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tumandagi 36-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham mazkur oʻquv yilidan boshlab, 10-11-sinflar oʻquvchilari uchun variativ oʻquv-reja asosida darslar tashkil etildi. Kimyo-biologiya fanidan tashkil etilgan variativ oʻquv-reja asosidagi mashgʻulotlar maktabdagi tajribali, mahoratli, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq taʼlimi aʼlochisi, talabchan oʻqituvchi Rayhon Qalandarova tomonidan olib borilmoqda.

Mazkur maktab tumanimizda 1974-yilda faoliyat boshlagan boʻlib, barcha davrlarda oʻquvchilarga koʻplab tajribali, yuksak saviyali ustoz-oʻqituvchilar taʼlim berishgan. Ushbu maktabdan yetishib chiqqan bilimli, iqtidorli insonlar turli jabhalarda xizmat qilib, jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshib kelishmoqda.

Ayni paytda 560-oʻringa moʻljallangan taʼlim maskanida 30 ta sinfda 824 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 72 nafar pedagog-oʻqituvchilar yangi pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim berishmoqda. Pedagoglarning 1 nafari oliy toifali, 7 nafari 1-toifali, 22 nafari 2-toifali, 42 nafari esa mutaxassis oʻqituvchilardir. Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, unumli foydalanishlarini taʼminlash maqsadida 8 ta fan, 4 ta sport, 2 ta ijtimoiy-madaniy toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, oʻquvchi-yoshlar barcha imkoniyatlarga ega futbol, basketbol va voleybol maydonchalari hamda yopiq sport zalida sport bilan shugʻullanishadi. Maktab axborot kommunikatsiya vositalari bilan ham jihozlangan.

Oʻtgan oʻquv yilida maktabning 8-sinf oʻquvchisi B.Atamurodov  sportning   stol tennisi turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada tumanda 1-oʻrinni egalladi. Kimyo fanidan fanlar  olimpiadasining tuman bosqichida  maktabning 10-sinf oʻquvchisi  N.Yodgorova 1-oʻrin gʻolibi boʻldi. Ona tili va adabiyot fani boʻyicha fanlar olimpiadasining tuman bosqichida qatnashgan 10-sinf oʻquvchisi  M.Oʻrozimbetova 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, 11-sinf oʻquvchisi T.Fayzullayev ingliz tili fani boʻyicha  fanlar olimpiadasining tuman bosqichida  3-oʻrinni egalladi.

2019-2021 oʻquv yilida maktab bitiruvchilarini oliy taʼlimga qamrab olish koʻrsatkichi 18 foizni tashkil qilgan boʻlsa, mazkur oʻquv yilida 26 foizga yetkazildi. Maktabda joriy oʻquv yilida oʻquvchilarning qiziqishlariga koʻra tashkil etilayotgan variativ oʻquv-reja asosidagi mashgʻulotlar orqali taʼlim oluvchilarning bilimlari yanada boyitilib, bu boradagi koʻrsatkichni yuqori koʻtarish maqsad qilingan. Mashgʻulotlarda oʻquvchilarga taʼlim berayotgan R.Qalandarova nafaqat 36-sonli umumtaʼlim maktabida, balki tuman miqyosida namunali, bilimdon oʻqituvchi sifatida hurmat-eʼtiborga ega. U taʼlim sohasidagi samarali  mehnatlari va namunali pedagogik faoliyati uchun 2005-yilda “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi” hamda 2019-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi”  koʻkrak nishonlari bilan taqdirlangan. Tajribali pedagog 2018-2019 oʻquv yilida “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida qatnashib, tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida faxrli 1-oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Joriy yilda R.Qalandarovaning yana bir oʻquvchisi Nukus shahrida oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan tabiiy fanlar boʻyicha olimpiadaning Qoraqalpogʻiston bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, eng yuqori ballni qoʻlga kiritdi. Ustozidan chuqur bilim olgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi S.Najmiddinova mazkur olimpiadaning 1-oʻrin gʻolibi sifatida Fargʻona shahrida oʻtkaziladigan mamlakat bosqichida qatnashish baxtiga musharraf boʻldi.

Tajribali, bilimdon va mahoratli oʻqituvchidan taʼlim olgan oʻquvchilar, albatta, ertaga chuqur bilimli, tafakkuri keng va komil insonlar boʻlib ulgʻayadi. Ulugʻ ajdodlarimizga munosib tarzda kamol topgan yoshlar Vatanimizni taraqqiyot sari yetaklab, buyuk kelajak yaratadi.

Sahifani O.Xudoyberganova tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026