02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:57
Jamiyat 👁 169

OYBEK NOMLI MAHALLADA FHDYo MASʼULLARINING SAYYoR UChRAShUVI OʻTKAZILDI

OYBEK NOMLI MAHALLADA FHDYo MASʼULLARINING SAYYoR UChRAShUVI OʻTKAZILDI

Mamlakatimizdagi Fuqarolik holatlarini qayd etish boʻlimlari faoliyatida eksterritorial tamoyilning joriy etilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga doimiy  yashash joyidan, joylashgan yeridan qatʼiy nazar, istalgan hududda murojaat qilish imkoniyati yaratildi. Mazkur tizim aholiga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifat jihatidan yaxshilanishini va osonlashishini taʼminlamoqda.

Amudaryo tumanidan ham Fuqarolik holatlarini qayd etish boʻlimi tomonidan bu boradagi ishlar samarali yoʻlga qoʻyilgan. Boʻlim tomonidan hududlarga borgan holda aholi bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, mazkur tamoyil asosida fuqarolarga hujjatlashtirish ishlarida koʻmak berilmoqda.

1-oktyabr kuni Oybek nomli mahallada ham sayyor uchrashuv oʻtkazilib, tizim faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi. Uchrashuvga tashrif buyurgan fuqarolarga shu yilning 1-iyunidan etiboran fuqarolarning doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼiy nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshirilayotgani aytib oʻtildi. Shuningdek, notarial xizmatlarni amalga oshirish jarayonida ham fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar notarial idoralari tomonidan davlat xizmatlari agentligi yoxud Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlariga murojaat qilmasdan mustaqil ravishda, fuqarolardan ortiqcha maʼlumot talab etmasdan, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi orqali olinayotgani maʼlum qilindi.

Taʼkidlanganidek, Prezidentimizning 2018-yildagi “Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan tuman hududida qonuniy nikohdan vaqtida oʻtmasdan yashayotgan fuqarolar, vaqtida farzandlariga tugʻilganlik hamda yaqinlarining oʻlimi  haqida guvohnomalarini hujjatlashtirmagan eʼtiborsiz, beparvo oilalar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib, tushuntirishlar berilgan. Oʻtgan davr mobaynida jami  9 ta tugʻilganlik haqidagi, 6 ta oʻlim haqidagi, oʻz vaqtida qayd qilinmagan 101 ta oilaning nikoh guvohnomalari rasmiylashtirilgan.

Hozirgi kunda muddatida qayd qilinmasdan qolgan fuqarolik holati dalolatnomalarini oʻz vaqtida qayd qilishda davlatimiz tomonidan koʻpgina imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Eksterritorial tamoyil asosida fuqarolarning doimiy va vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼiy nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish va xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish amalga oshirilmoqda. Tumanimizda boshqa hududlardan kelgan 8 ta hujjat eksterritorial tartibda joʻnatildi hamda 7 ta hujjat tuman Fuqarolik holatlarini qayd etish boʻlimi tomonidan fuqarolarga boshqa viloyatlardan olib berildi. Buning natijasida fuqarolarimizning ogʻiri yengil boʻlib, ortiqcha ovoragarchiliklarining oldi olinmoqda.  

Uchrashuv davomida mahalla fuqarosi Murodboy Saidovga 1990-yilda vafot etgan, oʻlimi ayrim sabablarga koʻra  qayd qilinmasdan qolgan  buvisi Ayim Karabayevaning oʻlimi tegishli hujjatlar asosida rasmiylashtirildi va guvohnoma tegishli shaxsga topshirildi.

Boʻlim masʼullari mahalla fuqarolari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berib, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini tushuntirishdi. Mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari va faollari huquqiy bilimlarini boyitib, tushunchalarini kengaytirishda koʻmak bergan boʻlim xodimlariga minnatdorchilik bildirishdi.

M.Eshmuradova, tuman FHDYo boʻlimi inspektori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026