02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 06:05
Jamiyat 👁 276

“KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA XAYRIYa TADBIRLARI OʻTKAZILDI

“KEKSALAR HAFTALIGI” DOIRASIDA XAYRIYa TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Yurtimiz boʻylab, barcha hududlarda “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish – xalqimizga xos ezgu fazilat” degan gʻoya ostida “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda. Joʻshqinlik va yuqori kayfiyatda boshlangan haftalik davomida nuroniylar ishtirokida uchrashuvlar, sport musobaqalari va turli targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Amudaryo tumanida ham “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlar boshlab yuborildi. Tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda tegishli tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilayotgan haftalik tadbirlarida elimiz keksalariga alohida eʼtibor va ehtirom koʻrsatilmoqda.

5-oktyabr kuni navbatdagi uchrashuv tadbiri Boʻston mahallasi hududidagi 98-sonli saylov uchastkasida tashkil etildi. Tadbirda 8-son Boʻston saylov okrugi deputati, Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Maqsud Saʼdullayev bir guruh keksa-nuroniylar bilan uchrashib, yaqinda boʻlib oʻtadigan Prezident saylovi, qonunchilikdagi oʻzgarishlar xususida soʻz yuritdi. Mahalla nuroniylari tomonidan berilgan savollarga koʻra tushuntirishlar berib, oʻzaro fikr almashishdi.

Undan tashqari, ushbu haftalikning “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Hukumat qaroriga koʻra tashkil etilganini,  har yili oktyabr oyining ilk haftasida keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish anʼanaga aylanganini aytib oʻtdi. Haftalik doirasida mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida boʻlgan mehnat faxriylari taqdirlash va nafaqaga kuzatish tadbirlari oʻtkazilayotgani, shuningek, tadbirlar davomida keksa avlod vakillarining respublika boʻylab tarixiy shahar va ziyoratgohlarga sayohati uyushtirilishi, keksalarning muammolarini manzilli oʻrganish va bartaraf etishga ham alohida eʼtibor qaratish koʻzda tutilgani toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

Shundan soʻng, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Bahodir Boltaboyev, “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Maqsud Saʼdullayevlar Boʻston mahallasida yashovchi nuroniy onaxonlar va otaxonlarning holidan xabar olishdi. Mahalla hududidagi yakka-yolgʻiz va oʻzgalar parvarishi muhtoj boʻlgan Rahimboy ota Jumaniyozov hamda front orti mehnat faxriysi Toʻlgʻon momo Nurimbetovalar xonadonlariga tashrif buyurib, oziq-ovqat mahsulotlari hamda esdalik sovgʻalarini topshirishdi.

Xayrli tadbirlar boshqa mahallalarda ham davom ettirilib, keksalar holidan xabar olindi. Tashkilotchilar Gulzor mahallasiga tashrif buyurib, hududda yashovchi nogironligi boʻlgan keksa Saʼdulla ota Mamutov xonadonida boʻlishdi va unga nogironlik aravachasi berishdi.

Doʻstlik mahallasi hududida ham xonadonlarga borilib, yakka yolgʻiz yashovchi va oʻzgalar parvarishiga muhtoj qariyalar bilan suhbatlashildi. Yakka oʻzi yashaydigan Rajab ota Rahimov, Jumaboy ota Xudoyorov, Kamol ota Yangaboyevlarga, shuningdek, Navoiy nomli mahalla hududidagi oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan Xudoybergan ota Norimovlarga moddiy koʻmak sifatida pul mablagʻlari topshirildi.

Shu kuni Bogʻ mahallasida “Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda nuroniylarning oʻrni” mavzusida nuroniy va keksa avlod vakillari hamda yoshlar oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida nuroniylar oʻzlarining hayotiy tajribalari haqida gapirib, bugungi tinch va osoyishta zamonning qadriga yetish, shu yurt ravnaqi uchun tinim bilmay mehnat qilish lozimligini taʼkidlashdi. Suhbat soʻnggida keksalar mamlakatimiz farovonligi va ravnaqi uchun duolar qildilar.

Kun oxirida “Keksalar haftaligi” doirasida bir guruh keksa avlod vakillari tuman markazidagi tarixiy Muzeyga sayohatga olib borildi va muzeydagi tarixiy yodgorliklar va eksponatlar bilan tanishtirildi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026