Jamiyat
👁 107
FAVQULODDA VAZIYaTLAR BOʻLIMI OGOHLANTIRADI: OB-HAVO YaNA SALQINLAShADI
9-11-oktyabrda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Rossiya Yevropa qismining (Moskva viloyati) ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
Shuni hisobiga havo harorati 10-12° ga pasayishi kutilmoqda.
9-11-oktyabrda kunduz kunlari harorat 10-13° iliqni, 10-11-oktyabrda kechalari 2-5° iliqni tashkil etadi. Shimolda 9-10-oktyabrda kechalari baʼzi joylarda 0-3° sovuqgacha boʻladi.
9-10-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Togʻlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi, koʻrinuvchanlik yomonlashadi.
9-10-oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶