02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 09:24
Jamiyat 👁 207

“OʻZARXIV” AGENTLIGI DIREKTORI AMUDARYo TUMANIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZDI

“OʻZARXIV” AGENTLIGI DIREKTORI AMUDARYo TUMANIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZDI

Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Amudaryo tuman Davlat arxivida sayyor qabul oʻtkazdi.

4-oktyabr kuni  boʻlib oʻtgan ushbu sayyor qabulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Arxiv ishi boshqarmasi boshligʻi Maqset Qayipnazarov, tuman Davlat arxivi boshligʻi Bahodir Jumaniyozov, tegishli korxona-tashkilotlar, davlat organlari mutasaddilari va boshqalar ishtirok etishdi.

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov dastlab yurtimizda arxiv hujjatlarini qamrab olish imkoniyati kengaytirilib, davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarning soni ortayotgani, tizimning moddiy-texnik bazasi ham bosqichma-bosqich rivojlantirilayotgani xususida soʻz yuritdi. Shuningdek, hududlardagi davlat arxivlarida barcha sharoitlar yaratilib, zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlanayotgani, tizim faoliyatini takomillashtirishga doir hukumat va Prezident qarorlari asosida ishdagi samaradorlik ortayotganiga keng toʻxtaldi.

Amudaryo tumani Davlat arxivida ham milliy arxiv fondi hujjatlarini toʻplash ishlariga alohida eʼtibor qaratilayotgani, arxiv fondida 2006-yildan hozirgi davrga qadar 220 ta fond mavjudligi, ularda milliy arxiv fondi tarkibga kiruvchi doimiy saqlanadigan 20417 ta hujjatlar, shaxsiy tarkibga oid 14606 ta, jami 35023  hujjatlar saqlanayotganligi qayd etildi.

Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat hisobi ilmiy maʼlumotlar apparatini tashkil etish va rivojlantirish, fondlar va hujjatlarni qabul qilish boʻyicha 2021-yilning oʻtgan davri davomida  doimiy va shaxsiy tarkibga oid 7 fondga 1232 ta hujjat qabul qilingani haqida maʼlumot berildi.

Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlarning mavjudligini va xatlovini tashkil qilish boʻyicha 2021-yilning oʻtgan davri davomida 700 dan ortiq hujjatlarning mavjudligi tekshirilgani aytib oʻtildi.

Tuman Davlat arxivi boshligʻi Bahodir Jumaniyozov shu paytga qadar tuman Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar doirasida fuqarolardan ijtimoiy-huquqiy va mavzuli soʻrovlar boʻyicha jami 2081 ta murojatlar kelib tushganligi, shulardan 2056 ta murojaat koʻrib chiqilgani va barchasiga ijobiy javoblar berilgani haqida soʻzladi.

Shuningdek, arxiv hisobiga 2021-yilning shu kuniga  qadar pullik koʻrsatiladigan  xizmatlar boʻyicha hujjatlarni tartibga keltirish, arxiv sohasiga oid normativ hujjatlarni tayyorlash, hujjatlarni depozitar saqlovga qabul qilish, mavzuli soʻrovlar va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha 75 mln. soʻm mablagʻ kiritilganini, ushbu mablagʻlar sohaning asosiy yoʻnalishlariga sarf qilinib kelinayotganini ham maʼlum qildi.

Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar asosan pensiya, uy-joy masalalari boʻyicha murojaat qilishdi. Mazkur murojaatlar atroflicha oʻrganilib chiqildi va barchasiga ijobiy yechim topish choralari koʻrildi.

“Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupov Amudaryo tuman Davlat arxivida Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan olib borilayotgan ishlar, binodagi yaratilgan shart-sharoitlar  bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, arxivda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bilan uchrashib, ularning arxiv sohasi boʻyicha qiziqtirgan savol va takliflarini oʻrgandi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026