02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 09:25
Jamiyat 👁 204

KEKSALAR HAFTALIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR BOBUR NOMLI OVUL VA AYoQChI MAHALLASIDA HAM DAVOM ETDI

KEKSALAR HAFTALIGI DOIRASIDAGI TADBIRLAR BOBUR NOMLI OVUL VA AYoQChI MAHALLASIDA HAM DAVOM ETDI

Oʻtgan hafta Amudaryo tumanida “Keksalar haftaligi” doirasidagi tadbirlarga boʻy boʻldi.  Haftalik doirasida ovul va mahallalarda uchrashuvlar, salomatlik, xayriya tadbirlari, yangi binolarning ochilish marosimlari oʻtkazildi.

7-oktyabr kuni haftalik doirasida Bobur nomli ovulda yangidan taʼmirlangan fuqarolar yigʻini binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirga hududdagi aholi, yoshlar, jamoatchlik vakillari, keksa avlod vakillari, nuroniylar, faxriylar ishtirok etdi.

Tadbirni tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev ochib berdi va yigʻin masʼullarining kelgusi ishlarida zafarlar tiladi. Jumladan, haftalik munosabati bilan hududlarda oʻtkazilayotgan tadbirlar, keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ehtirom haqida soʻz yuritdi.

Bobur nomli ovul fuqarolar yigʻini raisi Gulbahor Rayimova, fuqarolar yigʻini raisining Keksalar va faxriylar masalalari boʻyicha maslahatchisi Murodboy Soburovlar ham soʻzga chiqishdi hamda binoning taʼmirlanishida yaqindan koʻmak bergan tegishli tashkilotlar mutasaddilari va masʼullarga minnatdorchilik bildirishdi.

Shundan soʻng, mahalla faoli Davlatboy Xudoyberganov, “Qurilish xizmat” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Abror Tohirovlar soʻzga chiqib, fuqarolar yigʻini masʼullari va boshqalarni yangi binoning ochilishi bilan tabrikladilar. Yigʻin masʼullari va ovul aholisining kelgusi ishlarida yangi muvaffaqiyatlarni, yutuqlarni qoʻlga kiritishlariga tilakdoshlik bildirdilar.

Marosimda tuman Madaniyat boʻlimi havaskorlarining musiqiy dasturi tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi. Havaskorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar, raqslar bilan tadbirga yanada fayz kirdi.

Tadbir ovul hududidagi “Jasurbek” kafesida dasturxon atrofida davom ettirildi. Haftalik munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirning eng ardoqli mehmonlari ovul nuroniylari boʻlishdi. Ularga tadbir tashkilotchilari esdalik sovgʻalarini taqdim qilishdi.

Xuddi shunday tadbir Ayoqchi mahallasida ham tashkil etildi. Mahalla fuqarolar yigʻini raisi Allayor Qalandarov tashabbusi bilan hududdagi “Otalar choyxonasi”da oʻtkazilgan haftalik doirasidagi ochiq dasturxon atrofidagi tadbirga elning keksa nuroniy otaxonlari va onaxonlari tashrif buyurishdi.

Tadbirda ishtirok etgan “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi oʻrinbosari Bekman Allaberganov hamda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi xodimi Bahriddin Toʻraboyevlar yurt fayzi boʻlgan keksa avlod vakillariga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan alohida eʼtibor, gʻamxoʻrliklar xususida soʻzlashdi.

Shuningdek, “Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Hukumat qaroriga koʻra har yili oktyabr oyining ilk haftasi “Keksalar haftaligi” deb belgilangani, shu munosabat bilan keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish anʼanaga aylanganini aytib oʻtishdi. Noz-neʼmatlarga toʻla dasturxon atrofida kechgan samimiy suhbat bilan tadbir nihoyatda zavqli, mazmunli oʻtdi.

Tadbirda ishtirok etgan 70 nafarga yaqin keksa nuroniylar va faxriylarga milliy taom – osh tortildi. Mahallaning keksalari, mehmonlar oʻzlariga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklar uchun davlatimizga, tashkilotchilariga minnatdorchiliklar bildirishdi va elimizda tinchlik barqaror boʻlishini, obod Vatanimiz yanada ravnaq topishini tilab, duolar qildilar.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026