29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 13:54
Fan va taʼlim 👁 214

“BUVIJONIM KIYGAN LIBOSLAR” TADBIRIDA MILLIY LIBOSLAR NAMOYISh ETILDI

“BUVIJONIM KIYGAN LIBOSLAR” TADBIRIDA MILLIY LIBOSLAR NAMOYISh ETILDI

Har yili jahon boʻylab 11-oktyabr  — “Xalqaro qizlar kuni” turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga eʼtibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda. Har yili ushbu oʻziga xos sana munosabati bilan butun dunyoda gender tengligi, erta nikoh, taʼlim olishdagi tengsizlik, mehnat munosabatlari, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashdagi notenglik kabi qizlar hayotida uchraydigan global muammolarga jamoatchilik nigohi qaratiladi, milliy va xalqaro darajadagi ilmiy anjumanlar, forumlar, uchrashuvlar tashkil etiladi.

Mamlakatimizdagi kabi anʼanaviy tarzda mazkur sanaga bagʻishlab, tumanimizda ham iqtidorli hamda uyushmagan qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan maʼrifiy-madaniy tadbirlar oʻtkazildi.

13-oktyabr kuni 10-sonli umumtaʼlim maktabida Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Buvijonim kiygan liboslar” deb nomlangan tadbir oʻtkazilib, qadim ajdodlarimizdan meros boʻlib kelayotgan milliy liboslarimiz namoyish etildi. Maktabning xotin-qizlar boshlangʻich tashkiloti raisi Umida Oʻrozimbetova, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Gulmirza Bozorboyev, ijodiy-madaniy ishlar targʻibotchisi Nigora Yerimbetova, yoshlar yetakchisi Maral Agaboyevalar tomonidan tashkil etilgan tadbirda maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida libos har bir xalq milliy madaniyatini, milliy qadriyatlarini oʻzida aks ettiruvchi eng muhim belgi ekanligi toʻgʻrisida soʻz yuritilib, “Kiyinish madaniyati”, “Mutaassiblik va yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolmaslik”, “Milliy urf-odatlar va anʼanalar”, “Qiz bola odobi”, “Sarishtalik uy – farishtalik uy” mavzularida maʼruzalar qilindi. Shuningdek, tumanimiz hududida istiqomat qiluvchi 4 millatga xos boʻlgan buvilar, onalar kiygan milliy liboslar, qizlarning uy, maktab, mehmondorchilikda va bayramda kiyiladigan zamonaviy kiyimlari koʻrgazmalari namoyish etildi. Liboslardagi milliylik, ayniqsa, atlas, adras, beqasam singari matolardan tikilgan milliy kiyimlarning koʻrkam va xushbichimligi, oʻziga xosligi barchaga juda manzur boʻldi.

Tadbirda ushbu sananing nishonlanishi sabablariga ham keng toʻxtalib oʻtildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan 2012-yildan boshlab, har yilning 11-oktyabrida nishonlana boshlangani, xalqaro tashkilotlar va aʼzo davlatlarga ushbu sanani keng nishonlash, butun dunyo boʻylab qizlarning hayot tarzi, huquq va erkinliklari, ular duch keladigan ijtimoiy muammolar, yashash sharoitlari bilan bogʻliq holatlarni tadqiq etish tavsiya etilgani aytildi.

Shuningdek, dunyoda 15–19 yosh oraligʻidagi har toʻrt nafar qizdan biri ishlash, oʻqish va kasbiy tayyorgarlik imkoniyatiga ega emasligi tilga olinib,  soʻnggi yillarda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijasida Oʻzbekiston Respublikasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash masalalari boʻyicha mustahkam huquqiy asoslar yaratilgani eʼtirof etildi.

Qizlar yuksak faollik bilan qatnashib, oʻzlarining milliy qadriyatlarimizga, momolarimizning umrboqiy udum va anʼanalariga muhabbatlarini, hurmatlarini bildirishdi. Liboslar namoyishidan soʻng, “Uzun sochlar jilosi” tanlovi ham oʻtkazildi. Tanlovda qizlar milliy soch oʻrimlarini, turmaklarini koʻrsatib, ularning qizlarga alohida koʻrk bagʻishlashini namoyish etishdi.

Oʻsib kelayotgan yosh avlod, oʻquvchi-qizlar qalbiga milliy liboslar iftixorini singdirish, “moda” ortidan quvib, maʼnaviyatimizga zid kiyinish “madaniyati”ning salbiy taʼsiridan saqlash maqsadida oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etgan qizlar tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026