RESPUBLIKAMIZDA AHOLINI RUYXATGA OLISh TADBIRINI UTKAZISh BIZGA NIMA BERADI?
Har qanday davlatning tarixi - bu, birinchi navbatda, unda yashaydigan xalqning tarixi, aholisining soni va tarkibi, uning iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarida oʻz ifodasini topadi.
Aholi soni boʻyicha aniq va yaxlit maʼlumotlar aholini roʻyxatga olish asosida olinadi.
Aholini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish bizga nima beradi?
1. Maʼlum bir sanada aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), barcha aholi punktlari boʻyicha soni, oilaviy ahvoli, maʼlumot darajasi, uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, nogironligi boʻyicha batafsil maʼlumot olinadi.
2. Aholi jon boshiga makroiqtisodiy kursatkichlarni xisoblashda (yalpi ichki mahsulot, aholi daromadlari, sanoat mahsuloti hajmi, isteʼmol mahsulotlari hajmi, aholiga kursatiladigan xizmatlar hajmi, qishloq xujaligi mahsulotlari) ishlatiladi.
3. Aholi migratsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.
4. Respublika va hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligi, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam kursatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chikishda axborot sifatida foydalaniladi.
5. Statistika idoralari tomonidan tashkil etiladigan tanlama kuzatuvlarni tashkil etishda maʼlumotlar bazasi sifatida qullaniladi.
6. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish kursatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritishda xizmat qiladi.
7. Aholi punktlarining infratuzulmasini yaxshilashda, mexnat resurslaridan foydalanish va joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda foydalaniladi.
8. Xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan taxlillar uchun keng qamrovli axborotlar manbai hisoblanadi.
Bunday maʼlumotlar ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish, bandlik sohasidagi siyosatni belgilash, ijtimoiy siyosat va aholi salomatligi boʻyicha dasturlarni yaratishda, shuningdek davlat hokimiyati organlarining vazifalarini bajarishi, fan va jamiyatni axborot bilan taʼminlash uchun zarurdir.
Hamza Haytimbetov, Amudaryo tumani Statistika boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶