29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 13:54
Fan va taʼlim 👁 195

49-sonli maktabda fan oyligi yakunida tadbir oʻtkazildi

49-sonli maktabda fan oyligi yakunida tadbir oʻtkazildi

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilarga qay darajada bilim  berilayotganligi, oʻquvchilarning Davlat taʼlim standartlarida belgilangan bilim koʻnikma va malakalarni qay darajada oʻzlashtirilayotganligini baholab borishda, taʼlim sifat va samaradorligini oshirishda fan oyliklari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan bir qatorda fan oyliklari iqtidorli oʻquvchilarning qobiliyatlarini maʼlum bir maqsadga yoʻnaltirish, isteʼdodli, izlanuvchan, ijodkor  oʻqituvchilarni aniqlash, ularning  tajribalarini ommalashtirish, taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllanilayotgan uslublarni takomillashtirishga ham xizmat qiladi.

Shu boisdan ham tumanimiz maktablarida oʻquv yilining har bir oyida maʼlum fanlar oyliklarini yuksak saviyada oʻtkazishga harakat qilinadi. Xususan, yakunlangan oktyabr oyi oʻzbek tili va adabiyot fan oyligi, deya belgilanganligi munosabati bilan maktablarda fan oʻqituvchilari yosh avlodga chuqur bilim berish bilan birga koʻpgina maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazishib, butun salohiyatini namoyish etishdi. Ijodkor oʻquvchi-yoshlarga alohida eʼtibor qaratildi.

49-sonli maktabda ham oylik muvaffaqiyatli yakunlandi. Oylikning har bir haftasi maʼlum maqsadlarni qamrab olganligi, ayniqsa, ahamiyatli boʻldi. Shu asosda turli oliygohlar talabalari boʻlgan maktabning sobiq bitiruvchilari, elda obroʻ-eʼtiborli, ziyoli insonlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari oʻtkazildi. Oʻquvchilar bilan ular sevgan adabiy qahramon, badiiy asarlar yuzasidan savol-javoblar, ona tilimiz imkoniyati va rivojlanish jarayonlari xususida suhbatlar oʻtkazildi.

Ona tilimizning beqiyos jozibasi, boy va ulugʻligini oʻquvchilarga chuqur singdirishga harakat qilindi.

30-oktyabr kuni maktabning 5-11-sinflari oʻquvchilari ishtirokida fan oyligining yakuniy tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirga maktab rahbariyatidan vakillar tajribali oʻqituvchilar ishtirok etildi va oylik doirasida qilingan ishlarga holisona baho berishdi.

Tadbirda oylik davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob  qilindi. Vujudimizga  ona allasi bilan kirgan  ona tilimizning dilimizga naqadar yaqinligi, jozibadorligi, uni  chuqur oʻrganish – har bir oʻquvchining muqaddas burchi ekanligi taʼkidlandi.

Tadbirda soʻzga chiqqan maktabning maʼnaviy-maʼrifiy  ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Ramatillo Ortiqov oylikni muvaffaqiyatli oʻtkazishga erishgan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari Gulora Abdullayeva, Nilufar Abdullayeva, Nilufar Xoʻjaniyozovalarga oʻz minnatdorligini bildirdi va oʻquvchilarni barcha fanlarni ayniqsa oʻz ona tilimiz – oʻzbek tili va adabiyotini mukammal oʻrganishga, kelgusida davrimizga munosib boʻlib ulgʻayishga chaqirdi.

Tadbir soʻngida fan oyligida oʻz iqtidorini, bilimini namoyish etgan faol oʻquvchilar ragʻbatlantirildi. Bu ularni yanada chuqur bilim olishga ruhlantirdi.

O.RAJABOVA.

 

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026