02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 07:59
Jamiyat 👁 190

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt koʻchatlari ekilmoqda

«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt koʻchatlari ekilmoqda

Mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholi yashash sharoitlarini yaxshilash, atrof-muhit musaffoligini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ekologik vaziyatni inobatga olib, tabiatni asrash maqsadida daraxt ekish ishlari kun tartibidagi muhim masalaga aylanmoqda. Shu maqsadda davlatimiz rahbari “Yashil makon” umummilliy loyihasi va loyiha doirasida qator tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

4-noyabr kuni Amudaryo tumani hokimligida tumanda “Yashil makon” loyihasini amalga oshirish hamda bu boradagi vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining maslahatchisi Nosir Eshonov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev soʻzga chiqib, Prezident “Yashil makon” loyihasi doirasida yiliga 200 mln tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejasini amalga oshirish maqsadida joriy yilning 2-noyabrdan 10-dekabrgacha boʻlgan vaqt oraligʻini  daraxt ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” deya eʼlon qilgani haqida maʼlumot berib, tumanda ushbu umummilliy loyihani munosib tarzda oʻtkazish lozimligini, barcha birdam va hamjihat boʻlib, loyiha va uning doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishi lozimligini taʼkidladi.

Shuningdek, yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining maslahatchisi Nosir Eshonov soʻzga chiqib, joriy yilning 2-noyabr sanasida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishida belgilab berilgan vazifalar xususida keng turda maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm  viloyatlarida “Dolzarb 40 kunlik” doirasida 14 mln tupdan mevali va manzarali daraxtlar, shuningdek tez oʻsuvchi va boshqa koʻchatlar ekilishi, ekologiya, daraxt ekish va parvarishlash masalalariga hokimlarning qurilish boʻyicha oʻrinbosari masʼul boʻlishi kabi qator vazifalarni belgilab bergan. Qolaversa, yigʻilishda ushbu loyihani amalga oshirishda Obodonlashtirish boʻlimlari maxsus texnika bilan taʼminlanib, zarur joylarda sugʻorish tarmoqlari barpo etilishi, muassasalar hovlisi, mahallalar, yoʻl va dala chetlariga daraxtlar ekish lozimligi taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunlangandan soʻng mutasaddi rahbarlar koʻchat ekish ishlarini boshlab yubordilar. "Dolzarb 40 kunlik" doirasida koʻchat ekishning ikkinchi kuni uyushqoqlik bilan oʻtdi.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev boshchiligida sektorlar rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, korxona-tashkilotlar rahbarlari, mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlari masʼullari koʻchat ekishda faol ishtirok etdilar. 4-oktyabr kuni havo haroratining keskin pasayganiga qaramay, “Yashil makon” umummilliy harakati doirasidagi mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlarini ekish ishlarida barcha masʼullar hamjihat boʻlib ishtirok etdilar.

Tadbir mobaynida tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi, gaz va elektr tarmoqlari korxonalari masʼul xodimlariga havo hararati payishi sababli kelib chiqishi mumkin boʻlgan favqulodda holatlarning oldini olish borasida zarur topshiriqlar berildi. Aholining is gazidan zaharlanishing oldini olish, aholi oʻrtasida sovuq havo harorati kunlarida issiqlik va elektr energiyasidan toʻgʻri foydalanish yuzasidan tushuntirish-targʻibot ishlarini olib borish zarurligi taʼkidlandi.

 Tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026