SEMINAR-TRENING BOʻLIB OʻTDI
Keyingi yillarda mamlakatimizda aholining, shu jumladan, tashkilotlar va korxonalar xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Shuningdek, sohani yanada takomillashtirishga erishilmoqda.
Muhtaram Prezidentimizning shu yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu qarorga muvofiq joriy yilning 1-oktyabridan boshlab mamlakatimizning barcha hududiy Adliya boshqarmalari va boʻlimlari huzurida yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilib, davlat tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq maʼlumot, jarayonlarni elektron ravishda yigʻish, qayta ishlash, tahlil qilish imkonini beruvchi “Ye - huquqshunos” elektron tizimi joriy etildi.
Respublikamizning barcha hududlaridagi Adliya boshqarmalari, boʻlimlari huzuridagi yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari davlat tashkilotlari, idoralari xodimlariga ushbu qaror mazmun-mohiyatini tushuntirib, “Ye - huquqshunos” elektron tizimi imkoniyatlaridan qanday foydalanish muminligi yuzasidan bilim va koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida turli tadbirlar – oʻquv seminarlar, seminar-treninglar oʻtkazishmoqda.
Aytish joizki, yangi markaz faoliyati yuridik xizmat koʻrsatiladigan davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlab, ularga sifatli va malakali yuridik yordam koʻrsatishi, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savrdxonligi va huquqiy madaniyati oshishiga xizmat qilishi bilan juda ahamiyatlidir.
Amudaryo tumani hokimligi binosida boʻlib oʻtgan tadbir ham shu masalaga bagʻishlandi. Tuman Adliya boʻlimi va yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan “Yuridik xizmat koʻrsatiladigan tashkilot va idoralarda “Ye-huquqshunos” tizimi orqali ishlovchi xodimlarning huquqiy bilimini oshirish va koʻnikmalarini shakllantirish” yuzasidan oʻtkazilgan seminar-treningni tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Moʻʼminjon Matyusupov ochdi va “Ye-huquqshunos” tizimining afzalliklari xususida gapirdi. Tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Nilufar Jumaniyozova “Ye – huquqshunos” tizimi tashkil etilganidan beri tizim orqali kelib tushgan hujjatlarning tahlili boʻyicha maʼlumot berdi va murojaat qilishda yoʻl qoʻyilgan xato-kamchiliklarga toʻxtaldi.
Seminar-treningda bunday xatolarni bartaraf etish yoʻl-yoʻriqlari koʻrsatilib, takliflar bildirildi.
Tadbirda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga qonuniy asoslantirilgan javoblar berildi.
Seminar-trening barcha ishtirokchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶