02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 04:38
Sport 👁 262

Amudaryo tumanida “Vatanparvar” tashkiloti tashkil qilinganining 30 yilligi munosabati bilan musobaqa oʻtkazildi

Amudaryo tumanida “Vatanparvar” tashkiloti tashkil qilinganining 30 yilligi munosabati bilan musobaqa oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti mamlakat aholisi, ayniqsa, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishini taʼminlash, sportning texnik va amaliy turlariga jalb qilish orqali ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish hamda ommaviy texnik kasblarga tayyorlash boʻyicha muhim vazifalarni ado etish bilan bir qatorda ehtiyojmand oilalar farzandlarining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtishini taʼminlab kelmoqda.

Yaqinda “Vatanparvar” tashkiloti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”lar roʻyxatiga kiritilgan Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa yoshlari oʻrtasida pnevmatik miltiqdan oʻq otish, biatlon va duatlon sport turlari Qoraqalpogʻiston birinchiligi bahslari oʻtkazildi.

Amudaryo tumanidagi oʻquv-sport texnika klubida “Vatanparvar” tashkiloti tashkil topganining 30 yilligi bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan mazkur musobaqa yoshlar oʻrtasida sportning texnik va amaliy turlarini targʻib etish, ularni sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish hamda yetakchilik qobiliyatini shakllantirish maqsadida tashkil etildi.

Taʼkidlash joizki, tashkilot tomonidan bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda mamlakatimizda “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan yoshlar va ehtiyojmand oilalar farzandlarini ommaviy texnik kasblarga imtiyoz asosida oʻqitilishi yoʻlga qoʻyildi.

Prezidentimizning 2021-yil 20-apreldagi Farmoniga muvofiq, “Vatanparvar” tashkilotining “Avtomototransport haydovchilarini tayyorlash kurslari”da endilikda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham imtiyoz asosida tahsil olishi mumkin boʻldi. Ana shunday imtiyozlardan foydalangan Xoʻjayli tumanidagi 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarning 25 nafar joriy yilda Nukus shahridagi oʻquv-sport texnika klubida birinchilar qatorida tahsil olish baxtiga muyassar boʻldi.

Musobaqada faol ishtirok etgan yoshlar oʻrta masofaga yugurish, velosiped haydash hamda pnevmatik miltiqdan oʻq otish shartlarini bajarishdi. Ishtirokchilardagi shijoat, gʻalabaga boʻlgan kuchli ishtiyoq bellashuvlarning soʻnggi soniyalarigacha sezilib turdi.

Musobaqada Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari Hasanboy Mahmudov hamda tashkilotning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi raisi Quvvatboy Razbekov ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʻra umumjamoa hisobida Qoraqalpogʻiston Respublikasi birinchiligi bahslarida Beruniy tumani yoshlari shohsupaning yuqori pogʻonasidan joy oldi. Ellikqalʼa tumani sharafini himoya qilgan yoshlar musobaqada ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻringa toʻrtkoʻllik yoshlar jamoasi loyiq deb topildi.

Gʻolib va sovrindor yoshlarga hamda jamoalarga diplom, esdalik sovgʻalari topshirildi. Bellashuvlarda birinchi oʻrinlarni qayd etgan yoshlar endilikda musobaqalarning navbatdagi bosqichlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. 

Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026