MAKTABDA «OʻZBEKISTON – YaShIL MAKON» MAVZUSIDA INShOLAR TANLOVI OʻTKAZILDI
Tumandagi 36-sonli umumtaʼlim maktabida «Oʻzbekiston – yashil makon» mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Oʻquvchilar oʻz insholarida yurtimizdagi tabiat, ekologik muammolar, ularni bartaraf etish borasidagi fikrlarini, mulohazalarini bayon etishdi.
Maʼlumki, Xalq taʼlimi vazirligi yurtimizda eʼlon qilingan «Yashil makon» umummilliy loyihasi asosida daraxt ekish boʻyicha «Dolzarb 40 kunlik» doirasida umumtaʼlim maktablarida «Maktabni yashil maskanga aylantiramiz» aktsiyasini eʼlon qilgan edi. Aktsiya doirasida joriy yilning 10-noyabr, yaʼni oʻquv yilining 2-choragining ilk kuni yurtimizdagi umumtaʼlim maktablari hududida «Ziyo dunyosi bogʻi»ni yaratish maqsadida ilk koʻchat ekish tadbiri oʻtkazilishi belgilandi. Shuningdek, shu kunning oʻzida barcha maktablarda «Oʻzbekiston – yashil makon» mavzusida insholar tanlovi boʻlib tashkil etildi.
36-sonli maktabda boʻlib oʻtgan insholar tanlovida gʻoliblar aniqlanib, maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.
Ozoda Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶