“Oʻzbekiston – yashil makon”
Tumanimizdagi kimyo-biologiya fanlariga ixtisoslashgan 38-sonli maktabda oʻquv yili ikkinchi choragining ilk kunida 5-11-sinflari oʻquvchilari oʻrtasida “Oʻzbekiston – yashil makon” mavzusida insholar tanlovi oʻtkazildi.
Oʻquvchilar oʻz ijodiy ishlarida mamlakatimizning goʻzal tabiati, koʻklamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlariga berilayotgan eʼtibor, yashil hudud - mavjud daraxtlar, oʻrmonlarga shikast yetkazmaslik zarurligi, shuningdek, yangi daraxt, gul koʻchatlari oʻtqazishning ahamiyati xususida oʻz fikrlarini mustaqil bayon etishgan. Bunda ularning ona tabiatimizga oqilona munosabatda boʻlishga daʼvat qilishi ayniqsa, oʻqituvchilarni quvontirdi.
Maktab maʼmuriyati, tajribali ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilaridan iborat hakamlar hayʼati insholarni haqqoniy baholadi. Gʻolib oʻquvchilar maktab maʼmuriyati tomonidan ragʻbatlantirildi.
Nilufar Tajimuratova, 38-sonli kimyo-biologiya fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabning maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶