AYRIM KASB EGALARI MAJBURIY TIBBIY KOʻRIKDAN OʻTIShI ShART
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirining “Majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofdagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” buyrugʻi qabul qilinib, Adliya vazirligi tomonidan shu yil 2-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi.
Buyruqqa koʻra, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud atrofidagilarga sil kasalligini yuqtirish xavfi mavjud boʻlgan shaxslarning bajarishi ruxsat etilmaydigan ishlar roʻyxati tasdiqlandi. Ushbu roʻyxatga davolash-profilaktika muassasalarida, yaʼni tugʻruqxonalar, chaqaloqlar patologiyasi va chala tugʻilgan chaqaloqlar boʻlimlarida chaqaloqlar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar kiritildi. Bunday ishlarni bajaradigan kasblar egalari, yaʼni doya, barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari, barcha mutaxassislikdagi shifokorlar, bemorga qarash boʻyicha kichik tibbiy hamshira, bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi, enagalar, bufetchilar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi shart.
Roʻyxatga bolalarga xizmat koʻrsatishi mumkin boʻlgan barcha davolash-profilaktika muassasalari, shu jumladan, bolalarga moʻljallangan sogʻlomlashtirish, jismoniy rivojlantirish, sihatgoh va reabilitatsiya maskanlarida, profilaktoriyalarda bolalar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar ham kiritilgan.
Undan tashqari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari va bolalar uylarida bolalar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar, maktabgacha yoshdagi bolalarga xizmat koʻrsatishi mumkin boʻlgan taʼlim va sport muassasalarida, shuningdek, ushbu maqsadlarda tashkil etilgan toʻgaraklarda bolalar bilan bevosita muloqotda boʻlgan holda bajariladigan ishlar ham ushbu roʻyxatga olingan.
Mazkur roʻyxatda nazarda tutilgan ishlarda ishlovchi shaxslar, yaʼni tarbiyachilar, barcha nomdagi tibbiyot hamshiralari, barcha mutaxassislikdagi shifokorlar, bemorga qarovchi kichik tibbiy hamshira, bolalar taomlari va parhez taomlari oshpazi, bufetchi va enaga (sanitarka)lar, toʻgarak rahbari, oʻqituvchi, logoped, oʻqituvchi-logopedlar belgilangan muddatlarda majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari shart boʻlib, ular tibbiy koʻrik natijalariga koʻra, sil kasalligiga chalinmagan deb topilgan taqdirdagina, bunday ishlarga qoʻyiladi.
M.Matyusupov,
tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶