30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 05:28
Fan va taʼlim 👁 295

3-sonli maktab kutubxonasida kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi

3-sonli maktab kutubxonasida kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi

Mamlakatimizda yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va ragʻbat tufayli nafaqat umumtaʼlim  maktablari oʻquvchi-yoshlari, balki maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari orasida ham qiziqish tobora ortib, MTTlarda turli ertaklar qahramonlari  ishtirokidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bu kabi  tadbirlar turli sanalar munosabati bilan tashkillashtirilayotgani kitobxon yoshlar doirasini yanada kengaytirish imkonini bermoqda.

Maʼlumki, YuNESKO tashabbusi bilan 28-oktyabr Jahonning koʻplab davlatlarida, shu jumladan, mamlakatimizda ham Xalqaro kutubxonachilar kuni sifatida keng nishonlanadi.  Ushbu sana munosabati bilan tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari kutubxonalarida “Kitobxonlik haftaligi” loyihasi asosidagi targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi. Shuningdek, “Maktab kutubxonasida savodxonlikni rivojlantirish shiori ostida 26-noyabr – “Maktab kutubxonalari kuni”da “Ochiq eshiklar kuni”, “Yangi adabiyotlar”, “Yangi Oʻzbekiston kutubxonalarini qanday koʻz oldingizga keltirasiz?” “Yozuvchilar mamlakatiga sayohat”, “Yangi kitoblar taqdimoti”, “Kitob oʻqing”, “Kitob bizni birlashtiradi”, “60 daqiqalik kitobxonlik” kabi tadbirlarda tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari  kutubxonachilari va kitobxon yoshlari ham faol ishtirok etishdi.

“Kitobxonlik  haftaligi” loyihasi asosida Nazarxon ovulidagi 3-sonli  maktab kutubxonasida ham kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazildi. Xususan, ovul hududidagi 10-sonli MTT tarbiyalanuvchilarining maktab kutubxonasiga sayohati tashkil etildi. Sayohat davomida MTT tarbiyalanuvchilarini kitobga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida turli ertaklar qahramonlari va ularning boshidan kechirgan sarguzashtlari haqida koʻrgazmali suratlar vositasida hikoya qilib berildi.

Haftalik davomida  maktab kutubxonasida “Yozuvchilar mamlakatiga sayohat” tadbiri oʻtkazilib, qoraqalpoq xalqining sevimli satirik yozuvchisi Murodboy Nizanovning 7-sinf oʻquvchilari tomonidan yangi kitoblari taqdimoti tashkillashtirildi. Taqdimot jarayonida yosh kitobxonlar M.Nizanovning oʻziga xos ijodiy olami bilan yaqindan tanishdilar.

Haftalik doirasida kutubxonada tashkillashtirilgan “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirida maktabga ilk qadam qoʻyib, oʻqish va yozishni qunt bilan oʻrganayotan 1-sinf oʻquvchilari olam-olam zavq-shavq oldilar. Ularga maktab kutubxonasiga keltirilgan yangi ertak kitoblari ifodali oʻqib berildi. Oʻz navbatida jajji bolajonlar oʻquv yilining 1-choragida oʻzlari yodlagan sheʼrlarini, musiqa darsida oʻrgangan ashulalarini quvonib-quvonib aytib berdilar. Tadbir yakunida esa bolalarga V.Suteyevning “Baliqchi mushuk” multfilmi namoyish etildi. Multfilmi namoyishi endi oʻqishni, yozishni oʻrganayotgan murgʻak qalblar dilida  oʻz ona tillarida bexato soʻzlash, fikr aytish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Shuningdek, “Kitobxonlik haftaligi” loyihasi asosidagi 9-10-11-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida tashkillashtirilgan “Zakovat bahslari” doirasida amalga oshirilgan “Men sevgan badiiy asar” mavzusidagi kitobxonlar bellashuvlari barchada qiziqarli taassurotlar qoldirdi. Yosh kitobsevarlarning yodlash qobiliyatini, xotirasini sinovdan oʻtkazish, oʻzlari oʻqigan kitoblari xususidagi tahliliy fikrlarini oʻrganish maqsadida tashkillashtirilgan mazkur bellashuvlarda maktabning eng yaxshi kitobxon sinflari aniqlandi. “Zakovat bahslari” yakunida eng bilimdon kitobxon yoshlarga hamda eng kitobxon sinflarga maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar, esdalik sovgʻalari berildi.

Tozaxon QDIRNIYaZOVA, 3-sonli umumtaʼlim maktabi kutubxonachisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026