55-sonli maktabda “Welcome to Dreamworld” nomli tadbir oʻtkazildi
Amudaryo tumani XTBga qarashli 55-sonli umumiy oʻrta talim maktabida noyabr oyi “Xorijiy tillar” fan oyligi doirasida ingliz tili fani metodbirlashmasi jamoasi tomonidan “Welcome to Dreamworld” nomli tadbir oʻtkazildi.
Tadbirni maktab direktori D.Arikov ochib berdi va nutq soʻzladi.
Shundan keyin tadbir stsenariysi asosida tayyorlab kelingan dasturlar birin-ketin oʻquvchi yoshlar tomonidan qiziqarli va mazmunli tarzda davom ettirildi.

Kecha davomida oʻquvchi yoshlar ingliz tili faninining yorqin tomonlarini oʻzlarining tayyorlab kelgan kuy va qoʻshiqlari yordamida ochib berdilar. Ingliz tilini oʻrganish davr bilan hamnafas qadam tashlash uchun eng kerakli fan ekanini taʼkidlandi.
Kechaga oʻquvchi yoshlarni tayyorlashda Ingliz tili metodbirlashmasi rahbari M.Toirova boshchiligda Z. Yangiboyeva, H.Allaniyozova, A.Amanova, Sh.Begmanova, N.Ollabergenova, S.Sodikova, Sh.Qurbanova, Oʻ.Batchayevalar jonbozlik koʻrsatdilar.
Fan oyligi davomida maktabimizda interaktiv metodlar yordamida ochiq darslar tashkil etilib kelinmoqda. Bu ochiq darslar oʻquvchilarga chet tillarini oʻrganishda va fanga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.
Bahodir Utabayev, 55-sonli maktab geografiya fani oʻqituvchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶