14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 21:17
Fan va taʼlim 👁 195

18-sonli maktabda “Harflarni oʻrgandik” deya nomlangan tadbir oʻtkazildi

18-sonli maktabda “Harflarni oʻrgandik” deya nomlangan tadbir oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻiga  asosan respublikamizning barcha umumiy  oʻrta taʼlim maktablarida oʻquv yilining  har oyi maʼlum fanlar oyligi sifatida belgilangan. Fan oyliklarini oʻtkazishda umumiy oʻra taʼlim maktablarining barchasini toʻla qamrab olish, bunda  oʻqituvchilarning ijodiy faolligini oshirish, isteʼdodli, ijodkor  oʻqituvchilarni aniqlash, ularning tajribalarini ommalashtirish va targʻib etish, taʼlim sifatini oshirish hamda dars jarayonida qoʻllanilayotgan uslublarni takomillashtirish nazarda tutilgan.

Shu yilning 27-noyabrida tumanimizdagi 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida noyabr – xorijiy tillar fan oyligi deya belgilanganligi munosabati bilan oʻtkazilgan “Harflarni oʻrgandik” deya nomlangan tadbir ham shu maqsadga qaratildi.

Maktabning 2-sinflari oʻquvchilari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirda  bolalar ingliz tili alifbosidagi harflarni oʻqishni, yozishni oʻzlashtirib olganliklarini namoyish qilib, sahnaga har biri bir harf yozilgan qalpoqchalarni kiyib, shod-xurram chiqdilar. Ular shirin tilda ingliz tilida oʻzlari taqib chiqqan harflar bilan boshlanuvchi sheʼrlar ijro qildilar.

Bola misli oq qogʻoz, koʻnglida gard, gʻubor yoʻq. Ularga boshlangʻich sinflarda odob-ikrom, boshlangʻich bilimlar chuqur singdirilsa, oʻqishga-oʻrganishga ishtiyoq, ragʻbat uygʻotilsa, bola bilimdon, dunyoqarashi keng boʻlib ulgʻayadi. Agar u xorijiy tillarni ham puxta oʻzlashtirib borsa, nur ustiga aʼlo nurdir. Chunki ingliz tilini bilish koʻpgina dunyo ilmlarini oʻrganishga yoʻl ochadi.

Shu boisdan ham mazkur maktabning ingliz tili fani oʻqituvchilari Dilafroʻz Toʻrayeva, Yoʻldoshevalar oʻzlari dars berayotgan 2-sinflar oʻquvchilariga harflarni tanitish bilan bir qatorda ogʻzaki nutqlarini rivojlantirish maqsadida sheʼrlar ham yod oldirib, inglizcha qisqa suhbatlashuv koʻnikmasini ham shakllantirishga harakat qilishmoqda. Bu harakatlar samarasi “Harflarni oʻrgandik” deb nomlangan tadbirda 2-sinflar oʻquvchilari  namoyish etgan dialoglarda yaqqol namoyon boʻldi. Ayniqsa, bolajonlarning sahnadagi mavjud predmetlarni ingliz tilida tanishtirishi barchaning zavqini keltirdi.

Yosh avlod kamoloti yoʻlida muhim vosita boʻlib xizmat qiluvchi  ingliz tilini bolalarga puxta oʻrgatishga intilishlarining samarasini koʻrish ustozlarga ham quvonarli boʻldi. Ayniqsa, ingliz tilida yangragan qoʻshiqlar bolalarni ushbu fanni yanada chuqur egallashga ruhlantirdi.

Fan oyligi doirasida maktab xorijiy tillar uslubbirlashmasi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq oʻtkazilgan suhbatlar, adabiy kechalar, viktorinalar va ochiq darslarning barchasida ham oʻquvchilar faol qatnashib, ingliz tilini oʻrganishga qiziqishlari yuqori ekanligini koʻrsatdilar.

Oylik yakunida oʻtkazilgan 2-sinflar oʻquvchilari ishtirokidagi “Harflarni oʻrgandik” deb nomlangan tadbir ingliz tilini oʻrganishga bolajonlar qanday qadam qoʻyganlarini yaqqol namoyish etdi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019