16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:26
Jamiyat 👁 314

Marhum jurnalist Sobir Yusupov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi oʻtkazildi

Marhum jurnalist Sobir Yusupov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi oʻtkazildi

Haqiqiy insonlar oʻlmaydi, ular yaqinlari va xalqning xotirasida mangu yashaydi. Tumanimiz matbuotining tamal toshini qoʻygan, jurnalistika, matbaa sohalarida hali kadrlar yoʻq davrda ham tuman gazetasi faoliyatini yoʻlga qoʻyib, koʻpgina tilshunos olimlar, shoirlar, taniqli jurnalistlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan, tahririyatni nufuzli dargohga aylantira olgan, butun hayotini gazeta ishiga bagʻishlagan Sobir ota Yusupov oramizda yoʻq boʻlsa-da xotiralarga koʻchgan insondir.

1-dekabr kuni faxriy jurnalistlar, “Taraqqiyot koʻzgusi” uning ilovasi “Mening oilam” gazetalari, Amudaryo telekanali, “Jayxun ilhomlari” nodavlat va notijorat tashkiloti hamkorligida oʻtkazilgan Sobir Yusupov xotirasiga bagʻishlangan tadbir ham shogirdlarning shu ulugʻ ustozga ehtiromi namunasi boʻldi, desak adashmagan boʻlamiz.

Xotira kechasini tashkillashtirishda Sobir Yusupovning shogirdi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, shoir Saʼdulla Xoʻjaniyozovning xizmatlarini ham alohida boʻldi.

Tadbirni faxriy jurnalist Saʼdulla Xoʻjaniyozov ochdi va olib bordi. Jurnalist Ozoda Xudoyberganova Sobir Yusupovning hayoti va mehnat faoliyati haqida gapirib berdi.

Shundan soʻng “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi bosh muharriri Gʻulomjon Yeshniyozov, faxriy jurnalist Ollambergan Jumaniyozov, nuroniy Bekman Ollamberganov, faxriy jurnalist, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xonimjon Rajabova, “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Robiya Yoʻldosheva, taʼlim faxriysi, ijodkor Ahmad Nafasov, faxriy jurnalist, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Oʻrozali Reyimovlar ustoz Sobir Yusupov haqidagi xotiralarini esga oldilar.

Soha fidoyisi boʻlgan Sobir Yusupov 1921-yilda Xorazm xalq respublikasining Xoʻjayli okrugiga qarashli Xitoy ovulida dehqon oilasida dunyoga keldi. Maktabda oʻqib taʼlim-tarbiya oldi va keyinchalik oʻzi tugʻilib oʻsgan qishlogʻidagi kolxozda kolxozchi va brigada hisobchisi boʻlib ishladi. Tuman gazetasiga xat-xabarlari va maqolalari bilan qatnashib yurdi.

1940-yilning aprel oyidan uning jurnalistik faoliyatini boshlandi. Dastlab sobiq Qipchoq tumani gazetasi “Sotsializm yoʻli” gazetasi redaktsiyasida adabiy xodim, 1942-yildan esa “Sotsializm yoʻli” gazetasining masʼul redaktori boʻlib ishladi. 1943-yilning may oyidan 1944-yilning oktyabr oyigacha Qipchoq tuman partiya komitetida masʼul lavozimda boʻldi.

Sobir Yusupov 1944-yilning oxiri va 1945-yilda 1-Belorussiya frontida janglarda qatnashdi. Janglarning birida ogʻir yaralanib, gospitalda davolanganidan soʻng oʻz yurtiga qaytib keldi. Shunday qilib u nemis-fashistlari ustidan qozonilgan Buyuk gʻalabaga oʻzining shaxsiy hissasini qoʻshdi. U 1945-1947-yillarda rayon partiya komiteti propagandisti, 1947-1948-yillarda esa Pushkin nomli oʻrta maktabda oʻqituvchi vazifalarida ishladi. 1948-1952-yillarda “Sotsializm yoʻli” gazetasi redaktori, 1952-54-yillarda sobiq Qipchoq tuman partiya komiteti sekretari boʻlib ishladi. Shu yillarda Toshkentdagi oliy partiya maktabini bitirdi. 1954-57-yillarda “Sotsializm yoʻli” gazetasida, 1957-1959-yillarda esa “Amudaryo haqiqati” gazetasida redaktor lavozimlarida ishladi. 1959-yildan 1963-yilgacha rayon partiya komiteti agitatsiya va propaganda boʻlimi mudiri, 1963-yildan 1965-yilning iyul oyigacha “Mangʻit” sovxozida ishchilar komiteti raisi boʻlib ishladi.

Sobir Yusupov 1965-yilning iyul oyidan “Amudaryo haqiqati” gazetasiga muharrirlik vazifasiga ishga keldi va 1975-yilning oktyabr oyigacha fidoyilik bilan mehnat qildi. 1975-yil oktyabr oyidan 1979-yilgacha rayon partiya komiteti targʻibot boʻlimi mudiri vazifalarida ishladi. 1979-1984-yillarda pensiyaga chiqib dam oldi. 1984-yilning aprel oyidan esa yana “Amudaryo haqiqati” gazetasiga maxsus muxbir vazifasiga ishga keldi. Soha fidoyisi 63 yoshga chiqsa ham yoshlarga namuna koʻrsatib ishladi va koʻplab shogirdlar yetishtirdi.

Sobir Yusupov oʻzining 67 yillik umrining asosiy qismini “Amudaryo haqiqati”ga bagʻishlagan. Urush paytida ham, maktabda muallimlik qilayotib ham, gazetadan ajralmagan. 1965-yilda tuman gazetasining qayta tiklanishda ham bu insonning ulushi bor. Sobir Yusupov keyinchalik pensiyaga chiqqach ham, sevimli ishiga qaytib kelgan va umrining oxirigacha tahririyatda xizmat qilgan.

Bu inson qay lavozimga ishga yuborilsa oʻsha yerda fidoyilik bilan mehnat qildi. Ayniqsa tuman matbuotini rivojlantirishga, koʻplab jurnalist kadrlarning yetishib chiqishga munosib hissa qoʻshdi. Uning mehnati va jangavor xizmati munosib taqdirlangan.

U “Shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatda oʻrnak koʻrsatganligi uchun” medallari va jangovor xizmat uchun beriladigan koʻplab medallar bilan mukofotlangan edi.

Sobir Yusupov agar hayot boʻlganlarida hozir 100 yoshni qarshi olgan boʻlar edilar. Afsuski, uzoq davom etgan kasallik tufayli 1987-yilning 7-aprelida hayotdan koʻz yumganlar.

Bugun fidoyi inson, mahoratli jurnalist, uzoq yillar tuman gazetasiga muharrirlik qilgan Sobir Yusupov oramizda jisman yoʻq. Biroq, u kishidan saboq olib, matbuot sohasida mehnat qilgan insonlar qalbida, yosh jurnalistlar va xalqimiz qalbida doimo tirik.

Tadbirda Sobir Yusupovning farzandlari, nevaralari, chevaralari, shogirdlari, bir guruh ijodkorlar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Xotira kechasida ishtirok etgan Sobir Yusupovning nevarasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zumrad Bekatova bobosi, Sobir Yusupovning el oldidagi xizmatlari haqida gapirdi va xotirasini esga olib, hurmat-ehtirom koʻrsatayotgan shogirdlari hamda tadbir tashkilotchilariga, barcha tahririyat xodimlariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Xotira kechasida Sobir Yusupov qalamiga mansub lirik sheʼrlar ifodali oʻqildi.

Vaqtlar oʻtar, dunyo sahniga yangi avlodlar kelar. Biroq, “Amudaryo haqiqati” gazetasi sahifalariga muhrlangan tumanimiz hayotining tarixi kabi bu solnoma ijodkorlarining yorqin vakili Sobir Yusupov xotirasi ham adabiy yashaydi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019