02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:10
Jamiyat 👁 143

XALQARO NOGIRONLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR OʻTKAZILDI

XALQARO NOGIRONLAR KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR OʻTKAZILDI

Mamlakatimizda keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish va qoʻllab-quvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buni ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarda ham koʻrishimiz mumkin.

Har yili 3-dekabr sanasida Xalqaro nogironlar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironligi boʻlgan shaxslar boshqa kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, ularning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.

Ayni paytda tumanimizda 4 079 nafar nogironligi boʻlgan shaxslar, 86 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj kishilar, 42 nafar yolgʻiz pensionerlar istiqomat qilishadi. Aholi salomatligini muhofaza qilishga, nogironlikning oldini olishga va nogironligi boʻlgan shaxslarning jamiyat bilan uygʻunlashib ketishi uchun shart-sharoitlar yaratishga, ularda sadoqat va fidoyilik, shukronalik tuygʻularini shakllantirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Shu yilning 3-dekabrida Mangʻit shahrida joylashgan “Nur” toʻyxonasida Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Nogironlar jamiyati tuman boʻlimi,  Koʻzi ojizlar jamiyati tuman boʻlimi hisobida turuvchi, yakka-yolgʻiz yashovchi imkoniyati cheklangan 50 nafar fuqarolar ishtirok etdilar.

Toʻkin dasturxon atrofidan joy olgan nogironligi boʻlgan fuqarolarni tuman hokimi oʻrinbosari Mahmudjon Shermetov, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova, Nogironlar jamiyati tuman boʻlimi boshligʻi Nilufar Xolboyeva, Qoʻngʻirot tuman Koʻzi ojizlar jamiyati raisi Maxset Qilichevlar bayram bilan qizgʻin qutladilar.

Tuman hokimligi tashabbusi bilan tashkillashtirilgan bayram tadbirida mehmonlarga xalqimizning milliy taomi – palov tortildi.

Shuningdek, sovgʻa-salomlar bilan bir qatorda qoʻltiqtayoq, tayoq, aravacha, eshitish moslamasi kabi zarur protez ortopediya vositalari ham topshirildi.

Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan maxsus kontsert dasturi namoyish etildi.

Shuningdek, tuman axborot – kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Hech kim mehr-eʼtibordan chetda qolmaydi” shiori ostida kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi, kitobsevar imkoniyati cheklangan mehmonlarga kitoblar sovgʻa qilindi.

Bu kabi xayrli ishlarning amalga oshirilishida katta maʼno bor. Chunki davlatimiz siyosatida ham, muqaddas dinimizda ham inson eng aziz va mukarram sanaladi. Koʻngli yarim, imkoniyati cheklangan insonlarga quvonch ulashish, ularning bayram kunlarida bir dasturxon atrofida oʻtirib, samimiy suhbatlashishlari, diydorlashishlari uchun imkoniyat yaratish ham savobdir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026