9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni
Tuman Xalq taʼlimi boʻlimi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi hamda Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. 82-sonli maktabda boʻlib oʻtgan mazkur tadbirda tuman Xalq taʼlimi, Adliya boʻlimi masʼullari, tumandagi 85 ta umumtaʼlim maktablari direktorlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashishdi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi qonun mazmun-mohiyati xususida batafsil tushunchalar berildi. Shuningdek, mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan muhim huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash nafaqat bu illatning oldini olish, davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi taʼkidlandi. Taʼlim tizimi xodimlari oʻrtasida odob-axloq qoidalariga rioya etish, korruptsiya bilan bogʻliq qonunbuzarlik holatlari haqida tegishli joylarga xabar berish, ularning oldini olish va bartaraf etishga oid masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda ishtirok etgan soha xodimlari davlat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar jamiyatda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishni taʼminlashi, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirishi hamda aholining huquqiy bilimlarini yanada boyitishga xizmat qilishini taʼkidlab, tashkilotchilarga oʻz minnatdorchiliklarini bildirishdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶