KONSTITUTsIYa – MENING IFTIXORIM
Tengdoshlarimiz orasida Konstitutsiyaning maʼno-mazmunini yaxshi bilmaydigan, uni sinchiklab oʻrganmaydiganlar talaygina. Agar Konstitutsiyamizning mohiyatiga kirib borsak, magʻzini chaqsak, koʻpgina savollarga javob topa olamiz. Chunki Konstitutsiya - davlatimizning asosiy qonuni, u faqat davlatga emas, fuqarolarga ham xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, qonun oldida tengdirlar. Masalan: sogʻlom bolalar bilan birga imkoniyati cheklangan bolalarning ham yashash, davolanish, bilim olish, yaratish – ijod etish va erkin soʻz aytish huquqlari kafolatlangan.
Ijod erkinligi – bu yaratish demakdir. Mamlakatimizda yoshlar orasida adabiyot va sanʼat turlari boʻyicha iqtidorli yoshlar soni kundan-kunga ortmoqda. Men oʻtgan 2020-yil 30-oktyabr sanasida “Zulfiyaxonim qizlari” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Men ham koʻrik-tanlovda qatnashish baxtiga muyassar boʻldim. Men bundan cheksiz quvonch, iftixor hissini tuydim. Yanada koʻproq ijod qilish uchun oʻqib-izlanmoqdaman va kelajakda Vatanim ishonchini oqlashni maqsad qilib qoʻydim.
Yorqinoy KENJABOYeVA, 11-sonli maktab oʻquvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶