2021-yil sarhisobi: EʼTIBOR VA QOʻLLAB-QUVVATLASh YoShLARNI YuKSAK MARRALARGA UNDAMOQDA
Yurtimizda yil sayin yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ularning salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlar oʻz tashabbuslarini ishonch bilan ilgari surishi va davlatimiz ravnaqida faol ishtirok etishi uchun keng imkoniyat va munosib sharoit yaratish Davlatimiz rahbari eʼtiboridagi asosiy masalalardan biri boʻlmoqda. Oʻtayotgan 2021-yil ham “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb eʼlon qilinib, qator ishlar amalga oshirildi.
Shunga muvofiq, mazkur yilda ham yoshlar siyosatini yanada yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Davlat dasturi ishlab chiqildi.
Dasturga muvofiq tumanimizdagi 49 ta mahallada 44 340 nafar yoshlardan 43 119 nafari, yaʼni 97,2 foizi bilan birma-bir muloqot qilindi. Shundan 6 672 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritildi. Koʻrilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida ulardan 6556 nafari daftardan chiqarildi. Hozirda tuman boʻyicha 116 nafar yoshlar daftar roʻyxatida qoldirilgan.
Aytish joizki, “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning 867 nafari doimiy va jamoat ish oʻrinlariga joylashtirildi, 318 nafariga 9 mlrd. 617 mln. soʻm imtiyozli kreditlar, 329 nafariga subsidiya ajratildi. “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 5042 nafariga 1010 gektar yer maydonlari boʻlib berildi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan maxsus jamgʻarmada jami 1 mlrd. 352 mln. soʻm mablagʻ shakllantirilgan. Bugungi kunga qadar jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 1570 nafar yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 1131,1 mln. soʻm mablagʻ sarflandi.
Shuningdek, 21 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam uchun 20,7 mln.soʻm, 189 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari xarid qilishga 307,8 mln. soʻm, 76 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomasi uchun 106,3 mln. soʻm mablagʻ ajratib berildi. Shuningdek, 30 nafar yoshlarga toʻlov-kontrakt summasining 50 foiz qismini toʻlash uchun 115,7 mln. soʻm, 2 nafar yoshga safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati badaliga 10,5 mln. soʻm, 1 nafar yoshga davolanishi uchun 7 mln. soʻm mablagʻ sarf etildi.
Undan tashqari, 20 ta mahalla fuqarolar yigʻinlariga “Street work out” sport maydonchalari qurish uchun 150 mln. soʻm mablagʻ ajratildi. Yosh isteʼdodlardan 1 251 nafarini qoʻllab-quvvatlash uchun 413,1 mln. soʻm, madaniyat markazlariga 323 mln. soʻm, maktablarni sport inventarlari bilan taʼminlash uchun 89,5 mln. soʻm ishlatildi.
Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 31 ta sport toʻgaraklari tashkil qilinib, ularga koʻplab yoshlar qamrab olindi. Shu bilan birga IT sohasini rivojlantirish maqsadida “IT markazi” filiali tashkil etildi va undagi 5 ta toʻgarakka barcha hududlardan yoshlar jalb qilindi.
Oʻtayotgan yil tumanimiz yoshlari hayotida ham chuqur iz qoldirdi, deya toʻla ishonch bilan ayta olaman. Prezidentimizning eʼtibori, davlatimizning qoʻllab-quvvatlashi yoshlarni yanada yuksak marralarni zabt etishga undayveradi.
J.Davletov, Yoshlar agentligi tuman boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶