16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:16
Jamiyat 👁 102

TUMAN ADLIYa BOʻLIMI OʻTGAN YIL DAVOMIDA SAMARALI FAOLIYaT KOʻRSATDI

TUMAN ADLIYa BOʻLIMI OʻTGAN YIL DAVOMIDA SAMARALI FAOLIYaT KOʻRSATDI

Oʻtgan 2021-yilda Adliya vazirligi tizimida zamonaviy boshqaruv uslublari amaliyotga  joriy etilishi munosabati bilan tuman Adliya boʻlimi ish faoliyatida talabchanlik kuchaytirilib, xodimlarning masʼuliyati yanada oshdi. Buning natijasida boʻlim oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish, jumladan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, monitoringlar oʻtkazish, tuman darajasidagi idora va tashkilotlarda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish, qonunchilikdagi yangiliklar va davlat siyosatini yetkazish borasidagi ishlarda samaradorlik ortdi.

Boʻlimga 2021-yil davomida jami 223 ta ariza va shikoyat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 160 tasini ariza, 60 tasini shikoyat tashkil qilib, kelib tushgan murojaatlarning 214 tasi hal qilindi. Shulardan qanoatlantirilgan ariza va shikoyatlar 131 tani, huquqiy tushuntirish berilganlari 82 tani tashkil qildi. Ayrim murojaatlar taalluqliligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilib, ayrimlari koʻrilmasdan qoldirildi.

Shuningdek, bevosita shaxsiy qabullarda jami 165 nafar fuqaro qabul qilindi, 34 nafar fuqaroning murojaati qabul qildi. Norma ijodkorligi sohasida esa turli sohalarga oid qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan 27 ta taklif berildi. Xalq deputatlari tuman Kengashining 4 ta va tuman hokimining 4 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.

Boʻlim tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida ham muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 93 nafar fuqaroning manfaatida fuqarolik va maʼmuriy sudlarga jami 91 ta daʼvo ariza va sud buyrugʻi tartibidagi arizalar kiritilib, 59 tasi qanoatlantirildi. Kiritilgan daʼvo arizalar natijasida fuqarolarning ish haqi va ustama pullari, bolalar nafaqa pullari undirib berildi. Ayrim fuqarolarning murojaatiga koʻra, mansabdor shaxslarning gʻayriqonuniy xatti-harakatini bartaraf qilish bilan bogʻliq, farzandiga tugʻilish guvohnomasi olish kabi masalalari qonuniy hal qilindi va ushbu daʼvo arizalar natijasida fuqarolar foydasiga 840 mln.dan ortiq miqdordagi ish haqi, yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlari undirib berildi.

Bundan tashqari, 65 ta idora va tashkilotlarda 21 ta oʻrganish va 47 ta monitoringlar oʻtkazildi. Shundan, 8 ta oʻrganish ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotiga, 6 tasi inson huquqlarini himoya qilish sohasiga, 2 tasi yuridik xizmat faoliyatiga, 5 tasi davlat boshqaruvi samaradorligini tahlil qilish sohasiga oid boʻldi. Oʻrganishlarning 47 tasi murojaatlar asosida oʻtkazildi. Ushbu oʻrganish va monitoringlar davomida 7830 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi. Mazkur holatlari boʻyicha idora va tashkilotlarga jami 116 ta taqdimnomalar kiritildi. Shunga koʻra, 12 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi, 73 nafar mansabdor shaxsning qonunga xilof harakatsizligi va 2 ta gʻayriqonuniy hujjat ijrosi toʻxtatildi, yana 8 ta hujjat bekor qilindi. Taqdimnomalar asosida fuqaro va tashkilotlarning 282 mln. soʻmdan ziyod pul mablagʻlari undirilib, qaytarib berildi.

Idora va tashkilot rahbarlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlashda va xodimlarning mehnat huquqlariga rioya qilishda yoʻl qoʻygan qonunbuzilish holatlari sababli boʻlim tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan yil davomida 12 ta taklif berildi. Bu boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri rasmiylashtirilgan bayonnomalar 8 tani tashkil qilib, 4 nafar mansabdor shaxsning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan tegishli idoralarga taklif berildi. Natijada 12 nafar mansabdor shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish yuzasidan ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, bu borada tumandagi ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik juda samarali boʻldi. Xususan, oʻtgan yil davomida boʻlim xodimlari tomonidan axborot vositalarida 263 ta chiqishlar qilindi, ogʻzaki huquqiy-targʻibot 522 tani, koʻrgazmali targʻibot 24 tani tashkil etdi.

Amudaryo tuman Adliya boʻlimi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi keltirilgan raqamlarda samarali koʻrinsa-da, aslida boʻlim faoliyatiga boʻlgan bahoni xalqimiz beradi. Zero, har bir erishgan yutuqlarmiz orqasida inson va jamiyat manfaatlari turganligini chuqur anglaymiz va kelajakda ham xizmat vazifamizni yanada maʼsuliyat bilan davom qildiramiz.

M.Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019