16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:15
Jamiyat 👁 147

HARBIY XIZMAT OʻGʻLIMNI ChINIQTIRDI

HARBIY XIZMAT OʻGʻLIMNI  ChINIQTIRDI

Ota-ona uchun farzandlarining kamolini koʻrishdan ham ulugʻroq baxt yoʻq. Farzandi oʻgʻilmi yoki qiz boʻlishidan qatʼiy nazar, ularning el-yurtga, oilaga qayishgan, mehr-oqibatli, mehnatsevar, bilimdon insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun borini ayamaydi, kerak boʻlsa, oʻz huzur-halovati, oromidan kechib, farzandlarini baxt-u saodatli, kasb-korli qilishga intilishadi.
Oilamizda ikki oʻgʻil va bir qiz farzandlarimiz aqlli-hushli, bilimga intiluvchan boʻlib voyaga yetayotganlaridan xursandman. Ayniqsa, katta oʻgʻlim Javohir Yangiboyev erishayotgan yutuqlardan ota-ona sifatida koʻnglimiz toʻq.
Javohir tumanimizdagi 40-sonli umumtaʼlim maktabining 9-sinfini aʼlo baholarga tugatdi va Toshkent shahridagi Soliq va moliya kollejiga oʻqishga kirdi. Kollejni tugatgan yili tuman Mudofaa ishlari boʻlimidan chaqiruv  qogʻozi keldi. Yoshlarni harbiy xizmatga chaqiruv boʻlimida barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan Javohir eng katta orzusi – askarlik libosini kiyib,  Armiya xizmatiga otlandi.
Mana bir yildirki, Buxoro viloyatidagi harbiy qismlardan birida, tankchilar brigadasida ona Vatan oldidagi oʻz yigitlik burchini oʻtamoqda. Harbiy xizmatni oʻtash jarayonida Shimoli-Gʻarbiy  harbiy okrug tarkibidagi harbiy qismlar askarlari oʻrtasida oʻtkazilgan harbiy mashqlar musobaqalarida ishtirok etib, Oʻzbekistonda faxrli 3-oʻrinni egalladi hamda Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi.
Oʻgʻlimizning bu yutugʻidan ham quvondik, ham faxrlandik, Armiya hayoti Javohirni tobladi, boʻylari oʻsib, alpqomat yigit boʻldi, yaxshi xizmati bilan qoʻmondonlik nazariga tushganidan juda mamnunmiz.
Yaqinda, Yangi yil bayrami arafasida Javohir bizni yana bir quvonchli xabar bilan siyladi. Oʻzi xizmat qilayotgan harbiy qism tomonidan oʻtkazilgan test sinovlaridan ham muvaffaqiyatli oʻtib, OTMga  oʻqishga kirish uchun qoʻmondonlik tavsiyanomasiga ham ega boʻldi.
Yana uzogʻi bilan bir-bir yarim oydan soʻng, oʻz yigitlik burchini  ado etib, jonajon Mangʻit shahriga qaytish va albatta, 2022-yilda OTM talabasi boʻlish orzusida ona Vatan sarhadlarini sergaklik bilan himoya qilayotgan oʻgʻlimizni Milliy Armiyamiz tashkil topganligining 30 yilligi bilan chin dildan tabriklaymiz va orzu-intilishlariga omad tilaymiz.

Muyassar EShMONOVA,
Doʻstlik mahallasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019