30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:02
Jamiyat 👁 2,721

Baxtiyor bolalik madhi

Baxtiyor bolalik madhi

Bundan ikki yil oldin endi maktab ostonasidan hatlaydigan bolakay Mangʻit shahridagi Bolalar sport majmuasida boʻlib oʻtgan istiqlol bayrami tantanasida baxtiyor bolalik haqida joʻshib qoʻshiq kuylaganida, qoʻshiq ohangiga mos qalbidagi tugʻyonlarini harakatlari bilan ham ifodalashga intilganida tomoshagohga yigʻilganlarning barchasini hayratga solgan, jajjigina vujudidagi ona yurtga muhabbati, baxtiyor zamonasini sidqidildan kuylashga intilishi havasini keltirgan edi.

Ilk chiqishi bilan koʻpchilikning eʼtiborini qozongan bu jajji qoʻshiqchi hozir 36-umumtaʼlim maktabining 3-sinf oʻquvchisi, iqtidorli ashulachi sifatida koʻpchilikka tanilib ulgurgan Otabek Rahimovdir.

Ikki yildan beri tumanimizda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida oʻtkazilib kelinayotgan ommaviy tadbirlarda kuylagan qoʻshiqlari barchaga birdek manzur boʻlib kelayotgan Otabekdagi bu iqtidorli sezib, eʼtibor bergan odam - u tarbiyalangan 4-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi xodimi, oʻz ammasi Nasiba boʻldi.

U Otabek bilan erinmay shugʻullandi, qobiliyatini rivojlantirish uchun harakat qildi. Bogʻcha musiqa pedagog-tarbiyachisi koʻmagida yoshi va ovoz imkoniyatiga mos qoʻshiqlar oʻrgatdi. Keyinchalik uning ijrochilik mahoratini sezgan tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi xodimlari u bilan jiddiy shugʻullanishdi.

Otabek Rahimov 7 yoshida Qoraqalpogʻiston miqyosidagi ommaviy bayram tantanalarida baxtiyor bolalik, ona Vatanga muhabbat tuygʻularini tarannum etuvchi ajoyib qoʻshiqlari bilan koʻpchilikning eʼtiboriga tushdi. U mana bir necha yildirki, tumanimizda muhim sanalarga bagʻishlab oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda faol qatnashadi. Tomoshabinlar uning chiqishlarini guldiros qarsaklar bilan olqishlashganida koʻngli togʻday yuksaladi. Yangi-yangi qoʻshiqlar yaratish ishtiyoqi tugʻiladi koʻnglida.

Joriy yilning yoz fasli Otabek uchun omadli keldi. U 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga oʻqishga qabul qilindi. 15-avgust kuni Nukus shahrida mustaqilligimizning 23 yilligi va "Sogʻlom bola yili”ga bagʻishlab oʻtkazilgan estrada qoʻshiqchilari, bolalar qoʻshiqlari ijrochilari va folklor jamoalari Respublika koʻrik-tanlovida "Bolalik”, "Yoronlar-ey” nomli qoʻshiqlarini mahorat bilan ijro etib, faxrli uchinchi oʻrinni yengib oldi. Respublikamizning barcha tumanlari va Nukus shahridan koʻplab isteʼdodli qoʻshiqchilar qatnashgan mazkur tanlovda Otabekning ijrosini hakamlar hayʼati yuqori baholashdi, mukammal qoʻshiqlar yaratish borasida maslahatlar berishdi.

– Bu xushxabar oilamizni ulkan quvonchga beladi, - deydi Otabekning dadasi Oybek Ismoilov. – Yoshligimda men ham xalq cholgʻu asboblarini chalishga qiziqib, musiqa va sanʼat maktabida oʻqigan edim. Keyinchalik hayotim tadbirkorlik bilan tutashib ketdi. Oʻgʻlimning sanʼatga qiziqqanidan, qoʻshiqlari elga manzur boʻlayotganidan judayam quvonaman.

Ota-ona uchun farzandi yutuqlarini koʻrishdan-da ortiq baxt bormi? Yana u tengilar hali koʻcha changʻitib oʻynab yurgan davrida!

Otabek Rahimov erishgan muvaffaqiyatlarda u bilan sidqidildan shugʻullanib, sanʼatning sehrli olamiga yetaklab, kamolot pillapoyalaridan ildam odimlashiga koʻmaklashayotgan tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi xodimlarining ham munosib hissalari bor. Ayniqsa, Sardorbek Kamolov unga mos sheʼrlar topib, musiqa bastalab berib, ijrosi mukammal boʻlishi uchun tinimsiz birgalikda mashqlar qilayapti. Otabek ijro etadigan qoʻshiqlarning koʻpchiligining musiqasini Sardorbek Kamolov bastalagan.

Yosh boʻlsa-da el olqishini olayotgan Otabek Rahimovning barkamol sanʼatkor boʻlib yetishishini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026