01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 23:14
Jamiyat 👁 250

SAYYoR SUDDA 7 NAFAR MUQADDAM SUDLANGAN FUQAROLARGA NISBATAN MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATILDI

SAYYoR SUDDA 7 NAFAR MUQADDAM SUDLANGAN FUQAROLARGA NISBATAN MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATILDI

Maʼlumki, oʻta xavfli retsidivist deb topilgan, ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan, har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi. Maʼmuriy nazorat oʻrnatishga doir ishlar sud tomonidan koʻrib chiqiladi va bunday shaxslarga nisbatan maʼlum cheklovlar belgilanadi.

Shu yil 18-yanvar kuni Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi binosida sayyor sud oʻtkazilib, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi hisobida turgan 7 nafar muqaddam sudlangan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisidagi taqdimnomalariga asosan ish materiallari koʻrib chiqildi. Ushbu sud ishida Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi masʼullari, tuman Ichki ishlar boʻlimining Huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi boshligʻi Orifjon Qosimov, profilaktika inspektorlari hamda voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixologlar qatnashdilar.

Maʼlumki, “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida maʼmuriy nazoratni oʻrnatish, amalga oshirish, uzaytirish, tugatish, maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish masalalari tartibga solingan. Maʼmuriy nazorat oʻrnatish zarurligi toʻgʻrisidagi taqdimnoma 10 kundan kechiktirmay Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan ichki ishlar organi vakili va maʼmuriy nazorat oʻrnatish masalasi koʻrib chiqilayotgan shaxs ishtirokida koʻrib chiqiladi va maʼmuriy nazorat bir yil muddatga oʻrnatiladi. Shuningdek, maʼmuriy nazorat ostidagi shaxslarga nisbatan sudning sodir etilgan qilmishning xususiyati hisobga olingan holdagi qarori asosida muayyan maʼmuriy cheklovlar qoʻllaniladi.

Nazorat ostidagi shaxs maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan taqdirda, maʼmuriy nazorat muddati ichki ishlar organining taqdimnomasi asosida sud tomonidan olti oygacha, lekin sudlanganlik holatining tugallanishi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi muddatlaridan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin. Shu oʻrinda aytish joizki, sudning maʼmuriy nazorat oʻrnatish, uning muddatini uzaytirish yoki muddatidan ilgari tugatish yoxud maʼmuriy cheklovlarni qisman bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlari ustidan ham yuqori turuvchi sudga shikoyat berilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Shunga koʻra mazkur sud ishi davomida 7 nafar muqaddam sudlangan fuqarolar jazosini oʻtab chiqqanligi tufayli endilikda ularning turmush tarzi va xulq atvorini nazorat qilish, qayta jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir qilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 6 oy muddatga maʼmuriy nazorat oʻrnatildi. Shuningdek, kelgusida ular bilan profilaktik ishlar olib borish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Maʼmuriy nazoratga olingan shaxslarga haq-huquqlari va majburiyatlari toʻliq tushuntirildi. Undan tashqari, ularga kechqurun soat 22:00 dan ertalabki soat 06:00 gacha yashash uyidan chiqmaslik, spirtli ichimliklar qoʻyib sotiladigan joylar, yaʼni kafe, bar, restoranlarda boʻlmaslik, alkogolli ichimliklar isteʼmol qilmaslik kabi cheklovlar oʻrnatilganligi, Ichki ishlar boʻlimining ruxsatisiz tuman hududidan chiqib ketmaslik, roʻyxatdan oʻtish uchun har oyda ikki marotaba tuman Ichki ishlar boʻlimiga kelib uchrashish kerakligi maʼlum qilindi.

Huquqbuzarlarga profilaktik taʼsir koʻrsatish va jazoning tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini koʻrsatmoqda. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar tomonidan qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldi olinmoqda.

Jasur Oʻrazboyev, Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026