01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 23:12
Jamiyat 👁 269

RESPUBLIKA MAʼNAVIYaT VA MAʼRIFAT MARKAZI AMUDARYo TUMAN BOʻLINMASI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR

RESPUBLIKA MAʼNAVIYaT VA MAʼRIFAT MARKAZI AMUDARYo TUMAN BOʻLINMASI FAOLIYaTIGA BIR NAZAR

Shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda fuqarolarni milliy urf-odat va anʼanalarga sodiq inson sifatida tarbiyalash, manʼaviyatini yuksaltirish, ajdodlarga hurmat, avlodlarga ibrat ruhida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Albatta, bu borada Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining oʻrni alohida ahamiyatga ega ekanligini eslab oʻtish joizdir.

Maʼlumot uchun, 2017-yilda Prezident qarori bilan Maʼnaviyat targʻibot markazi hamda Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazini birlashtirish yoʻli bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi qayta tashkil etilgan edi. Markazning maqsadi, ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirishdir.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman boʻlinmasi ham ushbu gʻoya asosida tumanimiz fuqarolariga turli tadbirlar, uchrashuvlar, koʻrik-tanlovlar orqali maʼrifat ulashmoqda. Bunda asosan yoshlar keng qamrovga olinib, ularning turli vayronkor gʻoyalarga ergashib ketmasligining oldi olinmoqda.

2021-yil davomida markaz tomonidan 200 dan ortiq turli tadbirlar koʻrik-tanlovlar oʻtkazilgan. Ushbu tadbirlar kitobxonlik maʼdaniyatini oshirish, diniy ekstremizmga qarshi kurashish, millatlar totuvligi, yoshlar tarbiyasi va boshqa turli mavzularda tashkil etildi.

Maʼnaviy va marifiy ishlarni tashkil etishda umumtaʼlim maktablarda faoliyat yuritayotgan targʻibotchilar va Yoshlar ittifoqi yetakchilarining mehnati diqqatga sazovor ekanligini eslab oʻtish joizdir. Markaz tomonidan ularni ragʻbatlantirish, qoʻllab-quvvatlash, boʻyicha koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, targʻibotchilar oʻrtasida turli bellashuvlar tashkil qilinib, bilim va koʻnikmalari oshirilayotir. 2021-yil davomida mana shunday tadbirlardan bir nechtasi boʻlib oʻtdi.

 Xususan, 38-sonli umumtaʼlim maktabda boʻlib oʻtgan “Eng namunali targʻibotchi” tanlovida tumanimizdagi barcha maktab targʻibotchilari qatnashdilar. 40-sonli maktab targʻibotchisi, Umida Karimova faxrli 1-oʻrinni olishga muvaffaq boʻlib, Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Bu kabi tanlovlarda ishtiroq etgan targʻibotchilar tajriba almashishdan tashqari, bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlab borishadi.

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi isteʼdodli yoshlarni aniqlash, ularga qulay imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish borasida Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi bilan doimiy ravishda hamkorlik qiladi. Turli koʻrik-tanlovlar orqali yoshlar koʻplab yutuqlarga erishmoqda. “Vatan taraqqiyotiga mening hissam” tanlovining tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishi, adabiyot va publitsistika, milliy maqom va milliy estrada yoʻnalishlari boʻyicha bir guruh iqdidorli yoshlar aniqlanib ragʻbatlantirildi.

Yoshlar – bizning kelajagimizdir. Ularning turli yot gʻoyalarga ergashib ketmasli, vatanimizga munosib farzand boʻlib voyaga yetishlarida markaz tomonidan amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar alohida eʼtirofga loyiqdir.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan targʻibot ishlarini tizimli va izchil amalga oshirish, jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan ichki tahdidlar — el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urugʻ-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga eʼtiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar amalga oshirishda jonbozlik koʻrsatayotgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman boʻlinmasi xodimlarining kelgusidagi faoliyatiga rivoj tilaymiz.

F.Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026